Nokia ikkita smart-televizor taqdim etyapti: bittasi eng arzoni bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  566
  •  05.10.2020 16:27

Nokia ikkita smart-televizor taqdim etyapti: bittasi eng arzoni bo‘ladi

Afsonaviy brend ostidagi ilk «aqlli» televizor – Nokia Smart TV o‘tgan yilning oxirrog‘ida namoyish etilgan edi. Keyin – bu yilning iyuni boshida kompaniya bu tur devayslarning ikkinchisini, iyulning so‘ngida esa uchinchisini taqdim etgan.

O‘QING: Redmi atigi 120 dollardan boshlanuvchi ikki xil aqlli televizorini sota boshladi

Endi esa, rasmiy tizerga ko‘ra, 6 oktyabr kuni Nokia brendli kamida ikkita aqlli televizor namoyish etilmoqda. Bular – ekranining o‘lchami diagonaliga 32 va 20 dyuymlik gadjetlar bo‘lishi mumkin; zero, yaqinda xuddi shunday modellar BIS sertifikatsiyasidan o‘tgan edi.

Nokia Smart TV turkumidagi oldingi televizorlar JBL dinamiklari qo‘llangan bo‘lsa, yangi modellarda Onkyo dinamiklari qo‘llanishi kutilmoqda. Ushbu qurilmalar DTS tizimini hamda kengaytirilgan dinamik diapazonni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ular Android 9.0 operatsion tizimi bilan taqdim etilishi hamda Google Assistant ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlashi ham aytilmoqda.

Aftidan, 32 dyuymlik Nokia Smart TV displeyida tasvir aniqligi Full HD formatida (1920x1080 piksellik) bo‘ladi. Nisbatan katta – 50 dyuymlik televizor bo‘lsa 4K aniqligida tasvir uzata oladi.

Insayderlarga ko‘ra, kutilayotgan aqlli televizorlardan birinchisi taxminan 300 dollarga narxlanib, eng arzon Nokia televizori bo‘ladi. Ikkinchi modeli uchun esa 500 dollar atrofida narx belgilanadi.

Ta’kidlash o‘rinliki, Nokia smartfonlarini chiqarayotgan HMD Global kompaniyasining bunga aloqasi yo‘q – bu brend ostidagi televizorlarni Flipkart ishlab chiqarmoqda.

O‘QING: 4K-televizorlar savdosida yuksalish: bozorning yarmini ikkitagina kompaniya band etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!