Nokia ikkita smartfonining taqdimot kunini aytdi

  •   DiMaX
  •  648
  •  15.03.2021 15:06

Nokia ikkita smartfonining taqdimot kunini aytdi

HMD Global kompaniyasi Nokia brendining yangi mahsulotlari namoyish qilinadigan tadbirini e’lon qildi. Unda aynan qaysi modellar taqdim etilishi rasman aytilmagan esa-da, insayderlar allaqachon bu haqda ma’lumot chiqarib bo‘lishgan.

O‘QING: Quvvati 27 kunga yetuvchi Nokia 6300 4G sotuvga chiqdi: WhatsApp, Facebook, YouTube va Google Assistant o‘zida bor!

Reklama posterida 8 aprel sanasini «saqlab qo‘yish» taklif etilgan va aniq soati – Grinvich (GMT) vaqtiga ko‘ra 15:00 ko‘rsatilgan. Shunga qaraganda, bu – onlayn formatda o‘tkaziladigan taqdimot taklifnomasidir.

Insayderlarga ko‘ra, unta ko‘rsatiladigan smartfonlardan biri Nokia 6.3 (yoki Nokia 6.4) deb nomlanadi. Uning tomchisimon tirqishli ekrani diagonaliga 6,45 dyuymlik o‘lchamga ega. Qurilmaning kamerasi to‘rttalik, daktiloskopi esa korpusning yon qirrasiga joylangan bo‘ladi.

O‘QING: Nokia quvvati 2 kunga yetuvchi arzon smartfon namoyish qildi

8 aprelda namoyish qilinadigan ikkinchi telefon esa Nokia 7.3 (yoxud Nokia 7.4) modeli bo‘lib, Snapdragon 690 protsessori bazasiga qurilgan. Uning displeyi 6,5 dyuymlik o‘lchamga va FullHD+ formatiga ega. Devaysning 4000 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Smartfonning self sensori 24 megapiksellik, bosh kamerasidagi asosiy moduli esa 48 megapiksellik ekanligini aytishmoqda.

Bu ikkalasidan tashqari, brendning Nokia G10 rusumli ilk o‘yinbop smartfoni ham tayyor, ammo uning keng ommaga qachon ko‘rsatilishi hozircha aniq emas.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?