Nokia’ning eng kuchli smartfoni

  •   Saroy
  •  1730
  •  28.06.2018 12:32

Nokia’ning eng kuchli smartfoni

Tarmoqlarda HMD Global kompaniyasining yangi Nokia smartfoni chiqarilayotgani haqda batafsil ma’lumot paydo bo‘ldi. Shunisi aniqki, bu qurilma kompaniyaning eng qimmat flagmani bo‘ladi. Germaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan WinFuture nashrining muharriri Roland Kvandt (Roland Quandt‏), yangi qurilmani sotuvga chiqarish bilan bog‘liq tafsilotlarni o‘quvchilar bilan baham ko‘rdi.

O‘QING: Nokia 6.1, Nokia 7 Plus va flagman Nokia’lar yuzni tanish funksiyasiga ega bo‘ladi

Unda aytilishicha, flagman  Qualcomm Snapdragon 845 protsessoriga tayanadi va barmoq izlari skaneri bor bo‘lgan ilk Nokia smartfoni bo‘ladi, skaner to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranga o‘rnatilgan.

Smartfonning ichki nomi — Nokia A1 Plus. U  LG Display’ning OLED-displeyi bilan ta’minlangan. Qurilmani yig‘ishda Tayvandagi ishlab chiqarish  giganti Foxconn’ning shu’ba korxonasi  FIH Mobile hamkorlik qilmoqda.

O‘QING: Nokia X6 xalqaro bozor sari hozirlanmoqda

Yangi Nokia A1 Plus  smartfoni 31 avgustdan 5 sentyabrgacha Berlinda bo‘lib o‘tadigan  IFA 2018 ko‘rgazmasida rasman namoyish etiladi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.