Nokia’ning navbatdagi flagmani iPhone X’dan qimmat, ammo bu bekorga emas!

  •   DiMaX
  •  3145
  •  24.07.2018 17:22

Nokia’ning navbatdagi flagmani iPhone X’dan qimmat, ammo bu bekorga emas!

HMD Global kompaniyasi afsonaviy Nokia brendini «tiriltirib», bu nom ostida bir qator smartfonlar taqdim etishga ulgurdi. Ammo uning haqiqiy flagmani hali oldinda...

O‘QING: Smartfon sanoatida kuchli raqib kutilmoqda

Nokia anew blogining tvitter-akkauntida hali taqdim etilmagan Nokia 9 flagmanining narxi haqida ma’lumot berildi. Manbaga ko‘ra, bu smartfonning narxi Xitoyda taxminan 990 dollarga teng bo‘ladi. Yevropada esa u 990 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Xo‘sh, Nokia 9 nega bunchalik qimmat bo‘ladi? Chunki bu qurilma to‘qqiztagacha modulga ega Light kamerasi o‘rnatilgan ilk smartfon bo‘lishi mumkin.

Bordiyu ushbu yechim ushbu devays misolida mobil fotografiyani yangi bosqichga olib chiqsa, u holda Nokia 9 modeli bunchalik qimmat narxiga loyiq ilk smartfon bo‘ladi, deyishmoqda kuzatuvchilar.

Aytish kerakki, ayni damda xitoylik texnogigantning maxsus flagmani bozorda ham eng «serkamera», ham eng qimmat smartfonlardan biri bo‘lib turibdi.

O‘QING: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli "dahshat"!