Nokia o‘zining uchta retro smartfonini yangiladi

Nokia o‘zining uchta retro smartfonini yangiladi

Nokia o‘zining o‘tmishdagi smartfonlarini yangiladi. 1999 yilgi 8210 modeli o‘zgartirilib 8210 4G modeli sifatida tanishtirildi.

Nokia 2660 Flip modeli ham yangilangan qurilmalar qatoridan joy oldi. Afsonaviy Nokia XpressMusic seriyasiga yangi Nokia 5710 XpressAudio telefoni qo‘shildi. Ushbu modelning korpusidan simsiz quloqchinlar o‘rin olgan. 

Nokia 5720 XpressAudio 

Simsiz quloqchinlari bo‘lgani uchun Nokia 5710 XpressAudio uchala telefon ichida eng qiziqarli qurilma bo‘lib ko‘rinadi. Chunki qurilmaning orqa panelida simsiz quloqchinlar uchun maxsus joy yaratilgan. U yerda quloqchinlar zaryadlanadi. Quloqchinlar orqali istalgan musiqani tinglash mumkin. Shuningdek, ularni boshqa qurilmalarga ulasa bo‘ladi. Agar sizga simsiz quloqchinlar yoqmasa, odatiy simli quloqchinlardan foydalanishingiz mumkin. Bu uchun qurilmada 3.5 mm audio jek mavjud. 

Nokia 5710 modeli 2.4 dyuymli QVGA rangli ekranga ega. Shuningdek, telefonga VGA kamera va korpusdan olsa bo‘ladigan 1,450 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Nokia 8210 4G

Nokia 8210 4G telefonining dizayni 1999 yilda taqdim etilgan klassik modeldan olingan. Biroq uning barcha texnik ko‘rsatkichlari o‘zgargan. Qurilmaga 2.8 dyuymli QVGA rangli ekran o‘rnatilgan. U LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, xotirani 32GB microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Telefon korpusi polikarbonatdan yasalgan. Uning sariq, ko‘k va qizil rangli turlari mavjud. 

Qurilma korpusdan ajratib olsa bo‘ladigan 1,450 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Uning quvvati olti soat tinimsiz telefon orqali gaplashishga yetadi. Telefonda radio va afsonaviy ilon o‘yni mavjud. 

Nokia 2660 Flip

Nokia 2660 Flip modeli Nokia taqdim etgan uchinchi yangi smartfon. Ushbu raskladushka forma faktoridagi qurilma 2.8 dyuymli QVGA asosiy ekran va 1.77 dyuymli ikkinchi ekranga ega. Bundan tashqari, qurilmaga VGA kamera hamda 1,450 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Gadjet katta tugamalarga ega bo‘lib, yoshi katta insonlar undan bemalol foydalanishlari mumkin. Qurilma 32GB gacha bo‘lgan microSD kartasini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning qora, ko‘k va qizil rangli turlari sotuvga chiqadi. 

Telefonlarning narxi quyidagicha:

Nokia 8210 4G - 59 yevro

Nokia 2660 Flip - 59 yevro

Nokia 5710 XpressAudio - 69 yevro

O‘QING: Ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Nothing phone (1) rasman taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!