Nokia o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Nokia o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Nokia kompaniyasining yangi G21 smartfonini avvalgi G20 bilan taqqoslaganda uning kamera, displey, dizayn hamda akkumulyator qismlarida o‘zgarish bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu qurilmaning eng kuchli tomoni - bu to‘liq quvvat bilan o‘rtacha darajada foydalanilganda uch kun ishlab bera olishidadir. Smartfon 5,050 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Kompaniya taqiqlarsiz quvvatni tejash rejimini takomillashtira olgan.

Endi smartfon quvvati 20% dan kamayganda u birinchi bosqich quvvatni tejash rejimiga, 10% dan kamayganda esa ikkinchi bosqich quvvatni tejash rejimiga o‘tadi. Shu yo‘l bilan akkumulyator avtonomlik vaqti uzayadi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, Avvalgi G20 modeli ham 5,050 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, kompaniya uning akkumulyator avtonomlik vaqti ham uch kunga yetishini ta’kidlagan edi. 

Yangi modelning quvvatlanish tezligi 18 vattga oshgan. Biroq uning qutisida 10 vattlik quvvatlash adapteri bo‘ladi holos. Maksimal tezlikka ega bo‘lish uchun foydalanuvchi qo‘shimcha xarajat qilishi kerak bo‘ladi. 

G21 modelining yana bir e’tiborga molik tomoni uning korpus qalinligi 9.2 millimetrdan 8.5 millimetrga, ya’ni 5% ga qisqargan. 

Qurilmaga 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.5 dyuymli LCD displeyi o‘rnatilgan. Bu 90Hz chastotada ishlovchi ilk G seriyadagi smartfon hisoblanadi. Quvvatni tejash uchun ekranning ishlashini sozlanmalar orqali adaptiv rejimga o‘tkazish mumkin. Shunda qurilma joriy kontentga qarab displey chastotasini 60Hz ga tushira oladi. 

Smartfonga yangi 50MP kamera o‘rnatilgan. Linza diafragmasi hamda sensor hajmini o‘rniga kompaniya rasm sifatni yaxshilashga hizmat qilovchi Supere Resolution funksiyasiga ahamiyat bergan. 

Kamera funksiyalari orasidan tungi rejim ham o‘rin olgan. Afsuski yangi modeldan 5MP ultrakeng olib tashlangan. Uning o‘rni esa 2MP makro va 2MP sath kameralari bilan to‘ldirlgan. 

Nokia G21 modeli 12 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan Unisoc T606 chipi bilan jihozlangan. U ikkita Cortex-A75 hamda oltita A15 yadrolariga ega bo‘lib, avvalgi modelga o‘rnatilgan Helio G35 chipidan kuchliroq hisoblanadi. Grafika uchun esa Mali G57 MP1 javob beradi. 

Qurilmadagi chip 5G'ni qo‘llab-quvvatlamaydi. U 4/64 hamda 4/128GB xotira bilan integrallashgan. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Smartfonda ikkita SIM-karta va bitta microSD kartasi uchun uya mavjud. 

Nokia G21 hozircha Android 11 operatsion tizimida ishlaydi. Keyinchalik Android 12'ga yangilanadi. Kompaniya qurilmani uch yillik xavfsizlik patchi bilan ta’minlashga va’da beradi. 

Barmoq izi skaneri smarfonning yon tomonida joylashgan. Qurilmani barmoq izidan tashqari yuzni tanish funksiyasi orqali ham himoyalash mumkin. 

Nokia G21 yaqin kunlar ichida sotuvga chiqadi. Uning boshlang‘ich narxi 170 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Redmi 10 (2022) taqdim etildi