Nokia PureBook X14 – yupqa alyuminiy-magniy korpusli va 1220 dollarlik noutbuk!

  •   DiMaX
  •  590
  •  14.12.2020 11:37

Nokia PureBook X14 – yupqa alyuminiy-magniy korpusli va 1220 dollarlik noutbuk!

«Qayta tirilgan» Nokia brendli smartfonlarni endi finlar yoki Microsoft emas, balki HMD Global kompaniyasi ishlab chiqarayotganidan xabaringiz bor. Ushbu nomdagi aqlli televizorlarni bo‘lsa umuman boshqa – Flipkart kompaniyasi taqdim etib kelmoqda.

O‘QING: Tugmachali telefonlar bozori: Nokia ikkinchi o‘rinda, unda yetakchi kim?

Yaqinda biz Nokia brendi ostida endi noutbuk yoki planshetlar ham chiqayotgani haqida yozgandik. Flipkart kompaniyasi uning laptop ekanligini, nomini va ayrim texnik xususiyatlarini oshkor etdi.

Ushbu noutbuk Nokia PureBook X14 deb nomlangan bo‘lib, o‘ninchi avlod Core i5 protsessori (modeli hozircha noma’lum) bazasida ishlaydi. Nomidan ham ko‘rinib turganidek, uning ekrani diagonaliga 14 dyuymlik o‘lchamda va Full HD formatida tasvir uzata oladi. Kompaniya mazkur gadjetini 8 gigabaytlik tezkor xotira hamda 512 gigabaytlik SSD-saqlagich bilan ta’minlamoqda.

Ishlab chiqaruvchi laptopning korpusi toza dizaynga ega va yengil ekanligini ta’kidlamoqda: uning vazni atigi 1,1 kilogramm, qalinligi esa bor-yo‘g‘i 16,8 millimetr keladi. Bunga erishish uchun kompaniya korpus materialida alyuminiy hamda magniy qotishmasidan foydalangan. Shuningdek, displeyning yon romlari 4,8 millimetrlik ekanligini ham aytib o‘tish o‘rinli.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Bulardan tashqari, Nokia PureBook X14 ikkita USB 3, bittadan USB 2.0, USB-C, HDMI hamda RJ45 portlari bilan jihozlanganki, yupqa korpusda bunchalik ko‘p interfeyslarni o‘rnatish – kam uchraydigan holat. Shuningdek, noutbuk Wi-Fi 5 hamda Bluetooth 5.0 adapterlari bilan ham ta’minlangan.

Flipkart hozircha bu laptopning rasmiy namoyish sanasini ma’lum qilmayapti, lekin manbalar uning narxi taxminan 1220 dollarga teng bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!