Nokia quvvati 2 kunga yetuvchi arzon smartfon namoyish qildi

  •   DiMaX
  •  2048
  •  20.10.2020 16:00

Nokia quvvati 2 kunga yetuvchi arzon smartfon namoyish qildi

HMD Global kompaniyasi yaqinda Nokia 215 4G hamda Nokia 225 4G rusumli ikkita telefon taqdim etgan edi. Endi esa u sensor ekranli navbatdagi arzon smartfonini e’lon qildi.

O‘QING: 95 dollarlik Nokia C3 chiqdi: Android 10 tizimli smartfon naq 400 GB xotirani qo‘llab-quvvatlaydi!

Yangi smartfon Nokia 2 V Tella deb nomlangan bo‘lib, AQShdagi yirik Verizon operatori do‘konlarida 168 dollardan sotiladi. Nokia uni to‘rt yadroli MediaTek Helio A22 protsessori bazasida tayyorlagan. Gadjetning tezkor va doimiy xotira hajmi esa tegishlicha 2 va 16 gigabaytga teng.

Nokia 2 V Tella diagonaliga 5,45 dyuymlik, aniqligi HD+ formatli displeyga ega. Gadjetning orqa panelida 8 va 2 megapiksellik datchiklarni hamda fotochaqnoqni o‘z ichiga oluvchi bosh kamera blogi joylashgan. Unga avtofokusirovka tizimi joriy etilgan, sun’iy intellekt esa «hatto murakkab yoritilish sharoitlarida ham tasvirning yetarlicha chuqurligi va yorqinligini» ta’minlaydi.

Smartfonning batareyasi 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega; HMD Global ta’kidlashicha, uning to‘la quvvati smartfonning ikki kunlik avtonomligiga kifoya qiladi.

Nokia 2 V Tella korpusida Google Assistant ovozli yordamchisini chaqirish uchun maxsus tugmacha mavjud. Kompaniya uni toza Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etgan.

O‘QING: Shazam’ning keragi yo‘q: Google Assistant endi xirgoyi va hatto hushtak bo‘yicha ham qo‘shiqni topib beradi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!