Nokia quvvati bir necha haftaga yetuvchi ikkita arzon telefon chiqardi

  •   DiMaX
  •  2343
  •  13.05.2020 13:45

Nokia quvvati bir necha haftaga yetuvchi ikkita arzon telefon chiqardi

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida telefonlarni qayta chiqarishni Nokia 150 modelidan boshlagan. Endi ishlab chiqaruvchi Nokia 125 rusumli tugmachali telefoni bilan birga shu qurilmasini yangilab qayta namoyish qildi.

O‘QING: Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Har ikkala telefon ham QVGA formatidagi 2,4 dyuymlik displeyga ega bo‘lib, faqat GSM 900/1800 uyali aloqa tarmoqlarida ishlaydi. Ularning asosiy o‘ziga xosligi sifatida akkumulyatorining quvvati bir nechta haftaga yetishi ta’kidlab ko‘rsatilmoqda.

Nokia 125 telefonining texnik xususiyatlari:

Aloqa standartlari: GSM 900/1800; ikkita SIM-karta

Platforma: Series 30+

Protsessor: MTK

Displey: 2,4 dyuymlik, 240x320 piksellik

Kamera: VGA, fotochaqnoqli

Tezkor xotira: 4 megabaytlik

Portlari: Micro USB 2.0 porti, 3,5 mm.lik audiotirqish

Akkumulyator: 1020 mA/soatlik

Yana: o‘yinlar, FM-radio

O‘lchami va vazni: 132x50,5x15 mm, 91,3 g

Nokia 125 qora va oq rangli korpuslarda, 24 dollardan sotiladi.

O‘QING: Nokia 5.3 va Nokia 1.3 taqdim etildi – «krizisga qarshi» smartfonlar! (+videolar)

Nokia 150 telefonining texnik xususiyatlari:

Aloqa standartlari: GSM 900/1800; ikkita SIM-karta

Platforma: Series 30+

Protsessor: MTK

Displey: 2,4 dyuymlik, 240x320 piksellik

Kamera: VGA, fotochaqnoqli

Tezkor xotira: 4 megabaytlik + microSD sloti

Portlari: Micro USB 2.0 porti, 3,5 mm.lik audiotirqish

Akkumulyator: 1020 mA/soatlik

Yana: o‘yinlar, FM-radio, MP3-pleyer, Bluetooth 3.0

O‘lchami va vazni: 132x50,5x15 mm, 90,54 g

Nokia 150 qizil, ko‘k va qizil korpuslarda, 29 dollardan sotiladi.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!