Nokia Smart TV namoyish etildi: narxi, jihatlari va videosi!

  •   DiMaX
  •  949
  •  05.12.2019 17:19

Nokia Smart TV namoyish etildi: narxi, jihatlari va videosi!

Afsonaviy telefonsoz brendi ostida endi «aqlli» televizorlar ham ishlab chiqarilishi o‘tgan oyning boshrog‘ida ma’lum bo‘lgan edi. Keyinroq esa Nokia Smart TV nomli ushbu gadjetning ayrim xususiyatlari oshkor etildi.

O‘QING: Xiaomi beshinchi avlod – Mi TV 5 televizorlarini namoyish etdi

Nihoyat, bugun Flipkart kompaniyasi Nokia brendli ilk smart-televizorni rasman taqdim etdi. Uning 55 dyuymlik HDR LED-displeyi yupqa romga ega bo‘lib, 4K formatida (3840x2160 piksellik) tasvir uzata oladi.

Nokia Smart TV devaysi HDR 10, Dolby Vision hamda MEMC texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, ekran yorqinligini aqlli boshqarish tizimiga va keng ranglar gammasiga ega. Ekranning ko‘rish burchagi 178 darajaga teng, yorqinligi esa 400 nitni tashkil etadi.

O‘QING: Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Ushbu «aqlli» televizorni 25 vattlik Dolby Audio dinamiklari, 1 GGs takt chastotasida ishlovchi to‘rt yadroli protsessor bilan ta’minlashgan. Nokia Smart TV tezkor xotirasi 2.25 GBlik, doimiysi esa 16 gigabaytlik. Android TV (Android 9 Pie) operatsion tizimi ostida ishlovchi televizor WiFi 802.11ac (2.4 GGs/5 GGs) hamda Bluetooth simsiz interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Korpusida uchta HDMI, ikkita USB va bitta Ethernet porti mavjud.

Mana, uni rasmiy videoda tomosha qilamiz:

Flipkart kompaniyasi bu mahsulotini Hindistonda 10 dekabrdan sota boshlaydi. Nokia Smart TV narxiga kelsak, uning uchun 587 AQSh dollariga teng baho qo‘yilgan.

Nokia smart-televizori dunyo bozoriga chiqmasa kerak, Terashop.uz internet-do‘konimizda esa har xil televizorlarni 1 155 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!