Nokia smartfonlarining Android 11’ga yangilanish yo‘l xaritasi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  563
  •  29.09.2020 12:07

Nokia smartfonlarining Android 11’ga yangilanish yo‘l xaritasi chiqdi!

Kuni kecha biz Android 11 operatsion tizimiga yangilanuvchi Realme smartfonlari ro‘yxatini va apdeyt kelishining yo‘l xaritasini taqdim etgan edik. Endi esa Nokia brendi ham o‘z telefonlarining mazkur operatsion tizimga yangilanish grafigini e’lon qildi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Qizig‘i shundaki, Twitter tarmog‘idagi Nokia Mobile rasmiy akkaunti ushbu ma’lumotni e’lon qilib, keyin negadir uni o‘chirib tashlagan. Lekin bu orada uning skrinshoti tarqalib ulgurgan edi:

Tvitda yana ta’kidlanishicha, mazkur brend keyingi uch yilda jami 1000 ta apdeyt taqdim etgan. Aftidan, bunda barcha qurilmalar uchun xavfsizlik patchlarining umumiy soni nazarda tutilmoqda.

Nokia Mobile mazkur tvitning o‘chirish sababini ham aytmagan; taxminlarga ko‘ra, Android 11 talqinigacha yangilanadigan smartfonlar ro‘yxatida to‘ldirish yoki muddatlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Nokia 3.4 hamda Nokia 2.4 taqdim etildi: NFC chipli arzon smartfonlar! (+videolari)

Demak, yuqoridagi tvitga ko‘ra HMD Global kompaniyasi o‘z smartfonlariga Android 11 proshivkasini quyidagi tartibda tarqatadi:

2020 yilning 4-choragida:

  1. Nokia 8.3 5G
  2. Nokia 8.1
  3. Nokia 5.3
  4. Nokia 2.2

2021 yilning 1-choragida:

  1. Nokia 4.2
  2. Nokia 3.4
  3. Nokia 2.4
  4. Nokia 2.3
  5. Nokia 1.3

2021 yilning 1-yarmida:

  1. Nokia 9 PureView
  2. Nokia 7.2
  3. Nokia 6.2
  4. Nokia 3.2
  5. Nokia 1 Plus

Agar yuqoridagi malumot to‘g‘ri bo‘lsa, u holda 2018 yili taqdim etilgan, kompaniyaning Android Pie operatsion tizimli so‘nggi smartfoni – Nokia 8.1 ham o‘n birinchi avlod «yashil robotchali» tizimga yangilanar ekan. Biroq Nokia 8 Sirocco hamda Nokia 1 kabi modellar bu ro‘yxatga kirmagan.

O‘QING: Nokia 3.4 hamda Nokia 2.4 taqdim etildi: NFC chipli arzon smartfonlar! (+videolari)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!