Nokia uchta modelda tugmachali 4G-telefon chiqaryapti: sun’iy ongli, YouTube, WhatsApp va Facebook’li!

  •   DiMaX
  •  875
  •  24.08.2020 11:52

Nokia uchta modelda tugmachali 4G-telefon chiqaryapti: sun’iy ongli, YouTube, WhatsApp va Facebook’li!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendli smartfon va tugmachali mobil telefonlarning yangi modellarini chiqarishda davom etmoqda. Ertaga – 25 avgust kuni u uchta rusumdagi oddiy telefonlarini Hindistonda namoyish qiladi.

O‘QING: 95 dollarlik Nokia C3 chiqdi: Android 10 tizimli smartfon naq 400 GB xotirani qo‘llab-quvvatlaydi!

Ulardan birinchisi Nokia 215 modelining yangilangan varianti bo‘lib, bozorga Nokia 215 (2020) yoki Nokia 215 4G nomi ostida chiqishi kutilmoqda. Oddiygina kamerasi ham yo‘qligiga qaraganda, bu – mazkur brendning eng arzon 4G-telefoni bo‘ladi.

Ikkinchisi esa Nokia 225 modeli bo‘lib, tugmachali aqlli telefon hisoblanadi. Chunki mazkur devays YouTube hamda Facebook kabi ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchinchi qurilmaning modeli aytilmayapti, faqat kodli nomi Nokia Leo Basic ekanligi ma’lum. Bu telefon WhatsApp va Facebook singari ilovalarni qo‘llashidan tashqari, yon qirrasida maxsus tugmachaga ham ega. Aftidan, bu tugmacha Google Assistant ovozli yordamchisini chaqirish uchun ishlatiladi.

Nokia’ning mazkur uchta telefoni KaiOS operatsion tizimi ostida ishlaydigan bo‘lishi kerak. Ularning taqdimoti yaqin, yangiliklarimizni kuzatib boring.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!