Nokia X6 smartfoni tavsifi. Uning Xiaomi va Huawei smartfonlaridan yaxshi ekani aytilmoqda

Nokia X6 smartfoni tavsifi. Uning Xiaomi va Huawei smartfonlaridan yaxshi ekani aytilmoqda

O‘tgan yili fin kompaniyasi bir qator qiziqarli modellarni taqdim etdi. O‘rta sinfga mansub Nokia X6 ham ulardan biri. Mutaxassislar fin kompaniyasining yangi mahsulotlari narx, texnik va dizayn jihatdan qator ustunliklarga ega ekanini qayd etishmoqda. Navbatdagi tavsifimizda bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz aniq.

Kompaniya qimmatbaho segmentni qasd qilmasdan, o‘zining barcha kuchini 300 dollargacha bo‘lgan narx segmentidagi o‘rta sinfga oid smartfonllarni ishlab chiqarishga yo‘naltirdi. Dastlab model faqat Xitoy bozorida paydo bo‘ldi va yakunda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Foydalanuvchilar smartfonning ishlash samaradorligi va jozibadorligi, faqatgina Nokia`ga xos dizaynga ega ekanini e’tirof etmoqda.

Texnik jihatlari

  • Model: X6
  • Chiqqan sanasi: 2018 yil may
  • Korpus: metall, shisha
  • Platforma: Android 8.1 Oreo, Android 9.0 Pie OS
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 636, 8 yadroli Kryo 260 (1,8 GGs)
  • Grafik chip: Adreno 509 (650 MGs)
  • Tezkor xotira: 4/6 GB
  • Doimiy ichki xotira: 32/64 GB
  • Xotirani kengaytirish bo‘lmachasi: MicroSD (256 GBgacha)
  • Displey: IPS, diagonali 5,86 dyuym, aniqligi FullHD+ (2280 x 1080 pikselli, 19:9), Gorilla Glass 3 himoya shishasi
  • Interfeyslar: LTE (Cat 4), Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac (2.4GHz/5GHz), Bluetooth 5.0, GPS, A-GPS, GLONASS, BeiDou
  • Datchiklar: akselerometr, tashqi yorug‘lik datchigi, kompas/magnitometr, giroskop, oraliq-masofa datchigi va barmoq izi sensori
  • Orqa kamera: 16+5 MP, f/2.0 + f/2.2(rangli+monoxrom matritsa), fazaviy avtofokus, elektron stabilizatsiya, chaqnoq. Video: 4K 30fps, Slow Motion: 120fps
  • Selfi-kamera: 16 MP, f/2.0
  • SIM-karta: dual-SIM (Nano-SIM + Nano-SIM/microSD), Dual Standby
  • Akkumulyator: 3060 mA*s, Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi
  • Rang: qora, oq, ko‘k
  • O‘lchamlari: 147,2 x 71 x 8,59 mm
  • Vazni: 151 g

Dizayni

Nokia X6 smartfonining orqa qismi o‘ziga xos dizaynga ega. Kamera moduli va barmoq izi skaneri atrofi xromlangan hoshiya bilan o‘rab chiqilgan. Korpusining oldi va orqasi to‘liq Gorning Gorilla Glass 3 shishasi, chetlari esa esa metal bilan qoplangan.

Ustki qismida old kamera va suhbat karnayi joylashgan «yakkaqosh» diqqatni jalb qiladi. Uning ikki yoniga esa soat, quvvat va boshqa indikatorlar joylashtirilgan. Xohlaganlar «chyolka»ni operatsion tizim sozlamalari orqali ko‘rinmas qilib qo‘yish mumkin.  

Smartfonning orqa qopqog‘i shishadan tayyorlangan. Markazda vertikal holatda qo‘sh kamera va chaqnoqdan iborat blok hamda barmoq izi skaneri joylashgan. Orqa korpus oliofob qoplamaga ega bo‘lib, barmoq izlari yengil harakat bilan ham tezda tozalash mumkin. Biroq u boshqa bir noqulaylikni keltirib chiqaradi: telefon sirti sirpanchiq bo‘lib, qo‘ldan tushib ketish ehtimoli yuqori. Shu boisdan himoya jildidan foydalanish tavsiya etiladi.

Yon tomonlar quyuq jilosiz metaldan tayyorlangan. O‘chirib-yoqish va tovush tugmachalari oson bosiladi.

Chap tomonda sim-karta va tashqi xotira kartasini o‘rnatish uchun bo‘lmacha joylashgan.

Pastki qismining markazida quvvatlash va ma’lumotlar almashish uchun USB Type-C o‘rin olgan. Bir tomonida esa ikkita to‘g‘ri burchakli tuynukcha ortiga tashqi karnay, ikkinchi tomonida esa mikrofon joylashtirilgan. Tepa qismida esa quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli chiqish tuynugi o‘rin olgan.

Displey

Yangi Nokia X6 5,8 dyuym va Full HD+ sig‘imli IPS displey bilan ta’minlangan. Bugungi kunda buni ixcham devayslar va «sabzi taxta» gadjetlar o‘rtasidagi oltin o‘rtalik deb atash mumkin. Smartfonni boshqarish oson, qo‘lga juda yaxshi joylashadi. Ekran old panelning 81 foizini egallaydi. Bu esa o‘rta narx sinfidagi «romsiz» smatrfonlar uchun yaxsh ko‘rsatkich. Ko‘plab foydalanuvchilar displeyning sifatli tayyorlanganini e’tirof etmoqda.

Sifatli IPS-matritsa keng ko‘rish burchagi, ranglarning to‘g‘ri taqsimoti va ajoyib kontrasti bilan ajralib turadi. Ekran yorug‘ligini sun’iy yorug‘likdan tortib yorqin quyosh nurlarigacha bo‘lgan turli yorug‘lik sharoitlariga moslab sozlash mumkin. Tashqi muhitga qarab avtomat ravishda ekran yorug‘ligini sozlash imkoniyati, shuningdek, ko‘zlarning charchashiga qarshi maxsus o‘qish rejimlari mavjud.

Samaradorligi

Nokia 6.1 Plus`da qo‘llanilgan Snapdragon 636 platformasi Lenovo Z5 yoki Xiaomi Redmi Note 5 kabi ommabod devayslarda ham foydalanilgan. Uning samaradorligi har qanday vazifalarni bajarish uchun yetarli.

AnTuTu va GeekBench benchmart dasturlari test natijalari

Smartfon tez va bir maromda ishlaydi. Optimal dasturiy ta’minot va tezkor xotira smartfonga katta hajmli ilovalar bilan ishlash imkonini beradi. Nokia 6.1 Plus`da har qanday o‘yinni o‘ynasa bo‘ladi, biroq eng katta hajmli o‘yinlarda tasvirlar sifatini bir oz pasaytirish kerak. Smartfonning hatto eng qizg‘in janglarda ham tezda qizib ketavermasligi maqtovga loyiq.

Avtonomlik

Yuqoridagi bandlarda Nokia 6.1 Plus yuqori baholarga loyiq ko‘rilgan bo‘lsada, avtomnomlik borasida ijobiy fikr bildirish qiyin. O‘rnatilgan akkumulyator sig‘imi 3 060 mA·s — Full HD ekran va eng zamonaviy protsessorli qurilmalar uchun unchalik ham yaxshi emas.

Nokia 6.1 Plus`ga og‘ir vazifalar yoki o‘yinlar yuklanmagan bo‘lsa, standart rejimlarda smartfondan bir kun foydalanish mumkin.

Ayni vaqtda Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi yordamida smartfonni 30 daqiqa ichida 0 dan 50 foizgacha quvvatlash mumkin.

Kamera

Smartfonga 16 va 5 Mp modulli qo‘sh kamera o‘rnatilgan. 16 Mp bo‘lgan old kamera esa nafaqat avtoportretlar olish, balki smartfonni foydalanuvchi yuzi bilan ochish - Face Unlock funksiyasi uchun ham xizmat qiladi. Nokia X6 kameralari yomon emas, biroq ayrim foydalanuvchilar mobil ilova bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ta’kidlamoqda. Yaxshiroq sifatdagi rasm va videolarni olish uchun ayrimlar qo‘shimcha mobil ilovalarni yuklashga majbur bo‘lgani haqida yozgan.

Bir so‘z bilan aytganda, smartfon kamerasi unchalik kuchli emas, juda yomon ham emas. O‘rtacha narxdagi uskunalari uchun me’yoriy holat. Kamerafon olishni istaganlar esa cho‘ntagidan ko‘proq pul chiqarishlariga to‘g‘ri keladi.

Dasturiy ta’minot

Nokia 6.1 Plus smartfoni Android One dasturi doirasida ishlab chiqarilgan va shuning uchun unga operatsion tizimning «toza» namunasi o‘rnatilgan. Undan tashqari, qurilma dasturiy ta’minoti birinchi navbatda yangilanadi. Shu bois ko‘pchilik qurilma qutisini ochishi bilan dasturiy ta’minot Android 9 Pie ga qadar yangilanganiga guvoh bo‘lmoqda.

Android 9 ning asosiy ustunlari sifatida smartfon egasini bexato topishi, ilovalardan foydalanish statistikasi, foydalanuvchining odatlari asosida akkumulyator quvvatini tejash, imo-ishoralar bilan boshqarishning yangicha uslubi kabilarni aytib o‘tish mumkin.

Yangi operatsion tizim dizayni ham takomillashtirilgan. Ranglar majmui, bezak elementlari, yangi ikonkalar, bildirishnomalar, sozlamalar va boshqalar ham yangilangan.

Xulosa

HMD Global kompaniyasi Nokia X6 smartfonini ishlab chiqishga jiddiy yondashgan. Muhandislar bozorni yaxshi o‘rgangani va birinchi navbatda dizayn va texnik jihatlarga e’tibor qaratgani ko‘rinib turibdi. Ojiz tomonlari sifatida akkumulyator sig‘imining kichikligi va kamerasini sanab o‘tish mumkin. Umuman olganda esa, X6 raqobatbardosh mahsulot sifatida allaqachon yuqori o‘rinlarni band etdi. Sotib olish uchun arzigulik smartfon, deb aytishimiz mumkin.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 1 650 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 650 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.