Nokia X6 xalqaro bozor sari hozirlanmoqda

  •   Saroy
  •  1285
  •  21.06.2018 12:16

Nokia X6 xalqaro bozor sari hozirlanmoqda

Kuni kecha Nokia X6 smartfonining global versiyasi Bluetooth-sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgani haqda ma’lum qilingan edi. Endi esa yangi qurilma mazkur kompaniyaning rasmiy saytida ham paydo bo‘ldi.

Suratiga qaraganda, smartfon dezayn borasida xitoylik qardoshining aynan o‘zi. Faqat apparatning imkoniyatlarida farq bo‘ladimi, yo‘qmi, afsuski bir narsa deyish mushkul. Ehtimol, xalqaro versiyasi  NFC-chipiga ega bo‘lar. Qolgan tomonlari bilan u Nokia X6’ning aynan o‘zi. Ya’ni,  FHD+ (2280x1080p) formatdagi 5.8-dyuymli displey, Snapdragon 636 protsessori, asosiy qo‘sh kamerasi  16 Mp + 5 Mp. Batareya sig‘imi  3060 mAch, tez quvvatlantirgichi bilan, albatta.

O‘QING: NOKIA 10 – qo‘sh kamerali ajoyib romsiz flagman

Qurilma rasmiy saytda paydo bo‘ldimi, demak uning global anonsi o‘zini o‘zoq kuttirmaydi. Yana bir katta ehtimol shuki, yangi smartfon Nokia X5 bilan birgalikda namoyish qilinishi ham mumkin.

O‘QING: Nokia 5.1 Plus qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!