Nokia X71 – kompaniyaning «teshik» ekranli va uchtalik kamerali ilk smartfoni Galaxy S10’ning yarim narxida sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2671
  •  08.04.2019 16:44

Nokia X71 – kompaniyaning «teshik» ekranli va uchtalik kamerali ilk smartfoni Galaxy S10’ning yarim narxida sotuvga chiqdi!

HMD Global bundan bir haftacha avval «xuddi Galaxy S10 kabi, faqat ikki karra arzon» Nokia X71 smartfonini Tayvanda namoyish qilgandi. Endi ushbu modelning Xitoydagi taqdimoti ham o‘tkazildi va uni savdoga qo‘yishdi.

O‘QING: «Xuddi Galaxy S10 kabi, faqat ikki karra arzon»: Nokia X71 taqdim qilindi

Nokia X71 modeli ushbu kompaniyaning old kamerasi displeydagi «tirqish»ga joylangan birinchi smartfonidir. Shuningdek, HMD Global ayni shu qurilmasida ilk bora uch modulli kamerani qo‘llagan.

Xitoyda taqdim etilgach, Nokia X71 smartfoni ikki xil konfiguratsiyada sotuvga ham chiqarilgan, aniqrog‘i – oldindan buyurtma olish boshlangan. Snapdragon 660 chipi va 6 gigabaytlik tezkor xotiraga ega smartfonning doimiy xotirasi 64 gigabaytlik varianti uchun 327 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Ichki xotirasi 128 gigabaytlik talqini uchun esa kompaniya 400 dollar so‘rayapti.

Terashop.uz internet-do‘konimizda ayrim Nokia telefonlarini 499 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Nokia X5 tavsifi: texnik jihatlari, xulosalar va foto

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!