Nokia yangi noutbukni sotuvga chiqaradi

Nokia yangi noutbukni sotuvga chiqaradi

O‘tgan yilning dekabr oyida Nokia kompaniyasi Purebook X14 noutbukini taqdim etgan edi. Endi esa kompaniya Purebook S14 modelidagi yangi noutbukni sotuvga chiqarmoqchi. Qurilma yangi protsessor hamda Windows 11 operatsion tizimiga ega bo‘ladi.

O‘QING: Nokia naq Android 14’gacha yangilanuvchi «o‘lmas» 5G-smartfon chiqardi!

Purebook S14 noutbuki 11-avlod Intel Core i5 hamda Iris Xe videokartasi bilan jihozlangan. Ular 8/16GB tezkor xotira hamda 512GB NVMe SSD xotirasi bilan birgalikda ishlaydi

Noutbuk 1080p rezolyutsiyadagi 14 dyuymli IPS LCD displeyiga ega. Qurilma vazni 1.4 kilogrammni tashkil qiladi. Bog‘lanishlar uchun unda USB-C, USB-A, HDMI portlari, 3.5 mm audio jek hamda microSD uchun uya mavjud.

Noutbuk 3 oktyabr sanasidan Flipkart do‘konida sotilishni boshlaydi. Uning narxi taxminan 769 dollar atrofida bo‘ladi. Eski Purebook X14 noutbukiga hozirda chegirma berilgan bo‘lib, uni 740 dollar evaziga Flipkart do‘konidan sotib olish mumkin.

Shuningdek, Nokia yangi Smart TV'larni ham namoyish qiladi. Televizorlar ikki xil modelda ishlab chiqariladi. Birinchisi, 50 hamda 55 dyuymli QLED displeyidagi televizorlar bo‘lsa, ikkinchisi, 43, 50, 55 dyuymli LCD displeydagi televizorlardir. Ularning barchasi 4K rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi, biroq nisbatan arzonroq bo‘lgan 43 dyuymli televizorlar 1080p rezolyutsiyada bo‘ladi.

Barcha televizorlar Android 11 tizimida ishlaydi, ular to‘rt yadroli protsessor hamda Mali-G31 grafik protsessori bilan jihozlangan. Xotira hajmi esa 2/16GB ni tashkil qiladi.

Shuningdek, televizorlar Dolby Vision hamda HDR10 funksiyalariga ega. QLED modellari yaxshiroq ranglar jilosini namoyish etadi. Barcha televizorlar Harman AudioEFX modeldagi dinamiklar bilan jihozlangan. Yuqori sinfdagi televizorlar esa Dolby Atmos funksiyasiga ega.

50 dyuymli QLED televizorlarining narxi taxminan 674 dollar, 55 dyuymli televizorniki esa 740 dollarni tashkil qiladi. 55 dyuymli LCD ekranga ega televizor ham taxminan 674 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

O‘QING: O‘tmishga nazar: Nokia 1202 ni xotirlab

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.