Nokia’ning birinchi smart-televizori xususiyatlari ma’lum!

  •   DiMaX
  •  672
  •  15.11.2019 11:25

Nokia’ning birinchi smart-televizori xususiyatlari ma’lum!

Afsonaviy smartfonsoz brend ostida endi «aqlli» televizor ham ishlab chiqarila boshlashi haqida yaqindagina xabar bergandik. Timesofindia nashri ushbu gadjetning ayrim xususiyatlarini oshkor etdi.

O‘QING: Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Nokia smart-televizori 4K UHD aniqlikdagi displey bilan jihozlangan, o‘lchami esa diagonaliga 55 dyuymga teng. Ushbu «aqlli» televizor JBL by Harman dinamiklariga hamda Intelligent Dimming texnologiyasiga ega.

Yangi qurilma Android TV (Android 9 Pie) operatsion tizimi bazasida ishlaydi. Uning o‘ziga Google Play Store ilovalar do‘koni ham kiritilgan.

Nokia televizorlari shu yilning oxirida yoki 2020 yilning boshida rasman namoyish etilishi kutilmoqda. Hindiston bozorida ular Motorola hamda OnePlus mahsulotlari bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur televizorlarni Hindistondagi Flipkart kompaniyasi ishlab chiqaradi. Nokia brendli telefonlarni (sotib olish) ishlab chiqaruvchi HMD Global kompaniyasining esa bu yangi turdagi gadjetlarga aloqasi yo‘q.

O‘QING: Sharp birinchi o‘rama televizorini «jonli» videoda ko‘rsatdi!