Nokia’ning tugmachali Android-telefonini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1446
  •  20.09.2019 15:32

Nokia’ning tugmachali Android-telefonini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Nokia brendining antiqa – o‘zi tugmachali, ammo Android tizimli telefoni suratlarini e’lon qilgan edik. Endi esa insayderlar ushbu «zamonaviy klassika» gadjeti ishlatib ko‘rsatilgan lavhani tarqatishdi.

O‘QING: Nokia navbatdagi taqdimoti haqida videorolik joyladi

Ushbu g‘ayrioddiy telefonning videosini rider95 nikli insayder e’lon qilgan. Unda menyu bandlari bo‘ylab yurishlar tugmachali joystik orqali bajariladi, shuningdek, Google Assistant ovozli yordamchisini tezkor chaqirish ham ko‘zda tutilgan.

Nokia’ning tugmachali smartfoni Android 8.1 Oreo operatsion tizimining modifikatsiyalangan versiyasi boshqaruvi ostida ishlaydi. Unga Google’ning o‘z ilovalar, jumladan – Google Maps hamda Chrome brauzeri ham o‘rnatilgan. Aftidan, bu – bazaviy konfiguratsiyali arzon smartfonlarga mo‘ljallangan Android Go tizimi bo‘lsa kerak.

Manbaga ko‘ra, Google kompaniyasi 15 oktyabrga rejalashtirilgan Pixel 4 hmda Pixel 4 XL smartfonlari taqdimotida Android tizimining mana shunday tugmachali smartfonlar uchun rivojlantirilishi haqida ham so‘zlab beradi.

Tugmachali Android-telefonning qachon taqdim etilishi noma’lum, Nokia’ning ayrim telefonlarini esa 299 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Nokia birdaniga ikkita tugmachali telefon namoyish qildi (+videolar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!