Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

  •   DiMaX
  •  1156
  •  30.11.2020 17:47

Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

Xiaomi’ning arzonchi brendi o‘tgan haftada Redmi Note 9 5G, Redmi Note 9 Pro 5G hamda Redmi Note 9 4G rusumli smartfonlarini taqdim etgan. Bularning ortidan Redmi yana bitta, kuchli telefon tayyorlab ulguribdi!

O‘QING: Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

AnTuTu servisining ma’lumotlar bazasida Redmi brendining noma’lum smartfoni tekshirib ko‘rilgani haqida qayd paydo bo‘ldi. Uning «elektron yuragi» – MediaTek kompaniyasi hali rasman namoyish qilmagan chipset ekan.

Qizig‘i shundaki, mazkur protsessor nufuzli chipsoz – Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 flagmanidan yuqori ball olgan!

Aytish kerakki, Snapdragon 865 bu testda 610 000 ball atrofida natija ko‘rsatgan.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

MediaTek‘ning bu yangi chipseti sakkiz yadroli bo‘lib, shulardan to‘rttasi yuksak samaradorlikka ega Cortex-A78, yana to‘rttasi esa quvvat tejovchi Cortex-A55 yadrolaridir. Smartfonning grafikasini ta’minlash uchun uning jamlanmasida Mali-G77 grafik protsessori mavjud.

Yangi mobil platformaning markaziy protsessori benchmarkda 175351 ball olgan, grafik tezlatgich esa 235175 ballga baholangan. Xotiraning samaradorligi uchun 123535 ball qo‘yilgan.

Shuningdek, benchmark tasdiqlashicha, ushbu smartfon FullHD+ rezolyusiyali, 90 gerslik ekranga ega. Redmi unda 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotira qo‘llagan.

Digital Chat Station nikli insayder ham mazkur yangi protsessorni ilk bor Redmi o‘z smartfonida ishlatishini aytgan. Lekin bu qaysi model bo‘lishi va qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.