Noodatiy dizayndagi Galaxy smartfoni taqdim etiladi

Noodatiy dizayndagi Galaxy smartfoni taqdim etiladi

Eski dizayndagi yangi Galaxy XCover 6 Pro modeli 5G tarmog‘i va yana bir qancha zamonaviy funksiyasilarga ega bo‘ladi. Qurilma 120 gerts chastotada ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlanadi.

Displeyning barmoqni sezish darajasi oshgan bo‘lib, uni nam qo‘l yoki qo‘lqopda oson boshqarish mumkin. Shuningdek, displeyni eng so‘nggi turdagi Gorilla Glass Victus+ shishasi himoyalab turadi. 

XCover 6 Pro modeli IP68 suv va changdan himoya va MIL-810H ekstrimal holatlarda ham ishlash standartiga ega. Qurilmaning o‘lchamlari 168.8x79.9x9.9 mm, og‘irligi esa 235 grammni tashkil qiladi. 

Smartfon 5G va Wi-Fi 6E tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. U Snapdragon 778G chipi bilan jihozlanadi hamda 6GB tezkor va 128GB microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin bo‘lgan doimiy xotiraga ega bo‘ladi. 

Orqa tomonda smartfondan ajratsa bo‘ladigam 4,050 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 15 vattda quvvat oladi. Quvvlash adapteri smartfon qutisida bo‘lmaydi, kompaniya faqat USB-C kabelini jo‘natadi xolos. XCover 6 Pro'ning maxsus xususiyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, dasturlashtiriladigan bosish-gapirish tugmasi ham mavjud.

Smartfonga 50MP asosiy, 8MP ultrakeng va 13MP selfi kameralar o‘rnatiladi. Dasturiy ta’minot jihatidan qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4 grafik qobig‘ida ishlaydi. Gadjetda dinamiklarni balandlatish va Samsung DeX funksiyasilari mavjud. 

Afsuski, Samsung smartfonning narxi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. U iyul oyida Yevropa va Osiyo davlatlarida sotuvga chiqadi. Taxminlarga ko‘ra, qurilmaning narxi 600 yevrolar atrofida bo‘ladi. Kompaniya smartfonni 13 iyul sanasida Galaxy Tab Active4 Pro plansheti bilan birga taqdim etadi. 

O‘QING: Asus ROG Phone 6'ning renderlari e’lon qilindi