Note 10 va Note 10+ larda nega audio jek yo‘q?

Note 10 va Note 10+ larda nega audio jek yo‘q?

Samsung Galaxy Note lineykasining 10 va 10+ smartfonlarida nega quloqchin uchun tirqish mavjud emasligiga qiziqayotganingiz aniq. Kompaniya smartfonlarning bu kamchiligi borasidagi salbiy munosabatlarga tayyor turgan ko‘rinadi, bunga sabablarni keltirib o‘tdi.

Avvalo, audio jekning olib tashlanishi bilan hosil bo‘lgan maydon har ikki smartfonda ham akkumulyator sig‘imi 100 mA/soatga ortishini ta’minlagan. Ma’lumot uchun, sig‘imi katta akkumulyatorning o‘lchami ham shunga yarasha bo‘ladi. Agar audio jekdan voz kechilmaganda Note 10+ ning akkumulyator sig‘imi 4,200 mA/soat, Note 10 niki esa 3,400 bo‘lardi.

Bundan tashqari, jekning olib tashlanishi sezgir vibratsiya tizimining takomillashtirilishiga imkon yaratdi, sababi endi uning o‘rnini mana shu tizim elementlari bilan to‘ldirish imkoni tug‘ildi.

Bu izohlar sizni Note 10 lineykasi devayslarini sotib olishga ishontira olishi yoki olmasligini o‘zingizga havola qilamiz. Lekin bir narsa aniq. Galaxy S11 oilasi audio jeksiz chiqarilsa, hech qanday hayratlanishlar bo‘lmaydi. Balki mobil olamdagi eng katta smartfonda tiriqish olib tashlanganini inobatga olib aytish mumkinki, audio jekka umrbodga alvido deyish vaqti ham kelgandir.

O‘QING: Nihoyat, Samsung Note 10 va Note 10+ taqdim qilindi. To‘liq xususiyatlari bilan tanishamiz!