Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlardan tashqari, 26 noyabrda Redmi yana bir devaysini namoyish etadi!

  •   DiMaX
  •  803
  •  23.11.2020 15:27

Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlardan tashqari, 26 noyabrda Redmi yana bir devaysini namoyish etadi!

Xiaomi korporatsiyasi ikki haftadan beri eng ommabop smartfonlar reytingida yetakchi bo‘lib kelayotgan Poco M3 rusumli hamyonbop modelini 24 noyabr kuni taqdim etadi. Yana ikki kun o‘tib esa Redmi Note 9 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G modellarining namoyishi bo‘ladi.

O‘QING: 150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘sha 26 noyabrdagi tadbirida kompaniya yana bitta aqlli qurilmasini taqdim etadi. Redmi brendining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy reklama posteri shundan darak bermoqda.

Kuzatuvchilarning fikricha, bu yerda mazkur brendning Redmi Watch rusumli birinchi smart-soati haqida gap ketmoqda. Bu qurilma haqida avvalroq chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, uning model raqami REDMIWT01 bo‘lib, MIUI For Watch operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Ushbu aqlli soatda, Bluetooth modulidan tashqari, unda eSIM texnologiyasi ham qo‘llanadi, deyishmoqda. Bu – nomoddiy, qurilmaning o‘ziga joriy etilgan SIM-karta bo‘lib, shuning yordamida Redmi Watch telefon vazifasini bajara oladi. Shuningdek, kompaniya uni Xiaomi Mi Watch Lite nomi ostida global bozorga ham chiarishi aytilgan.

O‘QING: Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!