Nothing Ear Stick jonli videoda ko‘rsatildi

Nothing Ear Stick jonli videoda ko‘rsatildi

Yaqinda Nothing texnologiya kompaniyasi o‘zining phone (1) smartfonidan keyingi mahsuloti, Ear (stick)'ni Londonda bo‘lib o‘tgan moda festivalida namoyish qilgan edi. Endilikda kompaniya Berlinda joylashgan Acronym dizayn brendi egasi, Errolson Xyu bilan hamkorlikda simsiz quloqchinlarni mutlaqo yangicha keysdan qanday olishni ko‘rsatib beradigan videoni chiqardi.

 
 
 
 
 
View this post on Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Errolson Hugh (@erlsn.acr)

Errolson o‘zining Instagram sahifasiga joylagan videodan ko‘rish mumkinki, silindr shaklidagi keysni o‘rab turgan shisha oynaning bir tomoni ochiq bo‘lib, keysni aylantirish bilan simsiz quloqchinlar ochiq tomonga keltirish orqali ularni chiqarib olish mumkin bo‘ladi. Hozirgi simsiz quloqchinlarning buklangan holda ochilib-yopiladigan keysidan ko‘ra, Nothing'ning noodatiy dizayni ko‘plab cho‘ntaklarga mos ravishda chiqarilgan: videoda Errolson quloqchinlarni o‘zining ust kiyimi cho‘ntagidan oladi, shimining cho‘ntagidan emas.

Hozircha Nothing Ear Stick texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmagan, ammo, mish-mishlarga ko‘ra, yangi simsiz quloqchinlar o‘zining avvalgisidan dizayn va batareya quvvatida farq qiladigan bo‘ladi. 

O‘QING: Samsung Display kengayadigan ekranli kompyuterni namoyish qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!