Nothing oilasi kengaymoqda: kompaniyaning yap-yangi mahsulotining renderi tarqalib ketdi!

Nothing oilasi kengaymoqda: kompaniyaning yap-yangi mahsulotining renderi tarqalib ketdi!

Biz Nothing'dan Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlangan premium smartfon kutayotgan bir vaqtda, kompaniya umuman boshqa mahsulotni ishlab chiqarish bilan bandga o'xshaydi. Londonlik kompaniya o'z oilasining yangi a'zosini tizer qilishni boshladi.

Nothing odatda o'z mahsulotlarini hashorat yoki qushlar (biz hozirgacha ko'rganimiz shular) bilan tizer qilishga odatlangan. Masalan, kompaniya o'zining yangi simsiz quloqchinlarini xonqizi, ilk smartfonini esa to'ti qush bilan tizer qilgan. Yangi mahsulotga kelsak, u ham hasharotlar oilasiga mansub – shoxdor qo'ng'iz yo'lda kelmoqda:

Nothing o'z labaratoriyasida aynan nimani tayyorlayotganini yashirishga qanchalik urinmasin, uning shoxdor qo'ng'izi qaysi mahsulot ramzi ekanligini allaqachon ma'lum bo'ldi. 91Mobiles nashri Kuba Voytsexovski bilan Nothing kompaniyasining yangi mahsuloti, ovoz kuchaytirigich renderlarini ulashdi.

Suratda siz ehtimoliy Nothing "mini kolonka"si yon tomonlarida bir nechta kichik tugmalar, oldidagi peshonasining ikki chekkasida qora yumaloq ovoz chiqaruvchilari, ularning chap tomondagisining yonida esa LED chirog'ini ko'rishingiz mumkin. Qurilma old tomoning asosiy qismini esa bas kuchaytirgichlar egallagan.

Noodatiy va ehtimol, biroz g'alatiroq qurilma dizayniga bir qarashda siz uni mini-kolonka demasligingiz mumkin. Biroq, ha, bu Nothing tez kunda ommaga taqdim qilishga tayyorlanayotgan yangi mahsulotdir. Qolaversa, bu shunchaki ovoz kuchaytirgich emas, u aqlli ekanligi ham aytilmoqda.

Afsuski, Nothing ovoz kuchaytirgichining na texnik xususiyatlari va na taqdimot sanasi hozircha ma'lum.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.