Nothing o'zining Ear Stick quloqchinlarini hali yana uch hafta tizer qiladi

Nothing o'zining Ear Stick quloqchinlarini hali yana uch hafta tizer qiladi

Karl Peyning Nothing kompaniyasi o'tgan yili o'zining ilk mahsuloti, ear (1) simsiz quloqchinlarini taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya uning yangi avlodi, ear (stick)'ni namoyish qilishga tayyorlanmoqda.

Yaqinda bo'lib o'tgan London moda festivalida Nothing o'zining yangi Ear Stick quloqchinlarini ilk marta ko'rsatgan edi. O'shanda ulashilgan tizer suratlardan yangi quloqchinlar silindrsimon quvvatlovchi keysiga ega bo'lishi ma'lum bo'lgan. Shundan so'ng, kompaniya noodatiy keysdan quloqchinlar qanday olinishini ko'rsatib beradigan videoni ham ulashdi. Kecha esa Nothing rasman Ear Stick qachon taqdim qilinishini e'lon qildi.

Shunday qilib, Ear Stick 26-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 19:00 da bo'lib o'tadigan jonli efirda namoyish qilinadi. Albatta, jonli efirni siz kompaniyaning rasmiy veb-saytida yoki YouTube sahifasida ko'rishingiz mumkin.

Nothing'ning ma'lum qilishicha, Ear Stick yuqori darajadagi qulaylik taklif qiladi. "Sezilmaslik uchun yaratilgan" deydi, kompaniya quloqchinlar patdek yengil bo'lishiga ishora qilib.

Mish-mishlarga ko'ra, Ear Stick quloqchinlari kompaniyaning avvalgi mahsulotlaridek yarim shaffof dizaynda IP52 darajadagi suvga chidamlilik bilan chiqariladi. Ularning lab bo'yog'i shaklidagi keysi 350 mA/s batareya hajmiga ega bo'lishi aytilmoqda. 

O'QING: Xiaomi yap-yangi Redmi Pad planshetini taqdim qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.