Nothing o'zining ilk smartfoni to'liq dizaynini ko'rsatdi!

Nothing o'zining ilk smartfoni to'liq dizaynini ko'rsatdi!

OnePlus asoschilaridan biri bo'lgan Karl Peyning yangi startap kompaniyasi, Nothing, joriy yilning 12-iyul kuni ilk smartfonini taqdim qilishni rejalashtirgan. Taqdimot sanasi yaqinlashar ekan, londonlik kompaniya o'zining phone (1) debyut telefoni turli qismlari ko'rsatilgan tizer suratlarni ulashishni boshladi.

Ammo, bugunga kelib Nothing to'satdan Phone 1'ning orqa tomoni to'liq dizayni rasman namoyish qilishga qaror qildi va... barabar ovozi... mana u:

Surat bo'lajak smartfonning shaffof dizayni haqidagi mish-mishlarni tasdiqlaydi. Ko'rib turganingizdek, telefon orqa tomonida uning e'lon qilinish tadbirida ko'rsatilgani kabi kamera o'rni va simsiz quvvatlash halqasiga ishora qiladigan oq chiziqlar mavjud. Shuningdek, qurilma orqa tomonining markazida kompaniyaning multfilmlardagi bombaga o'xshaydigan logotipini ko'rish ham mumkin.

E'tiborlik narsalardan yana biri kamera bo'lib, phone (1) orqa tomonida undan ikkita mavjud va ular telefon orqa chap tomoni yuqorisida vertikal tarzda joylashgan. Smartfonning ovoz boshqaruvi tugmalarini uning chap tomonida, yoqish tugmasi esa o'ng tomonida turibdi. Afsuski, Nothing Phone 1'ning old tomoni ko'rsatilmagan.

Nothing o'zining Phone 1 smartfoni dizaynini oshkor qilganidan keyin, kompaniya rahbari Karl Pey o'z Twitter sahifasida shunday deydi:

"Bugungi kunda ma'lumotlar tarqalishining oldini olish qiyin va ko'pchiligingiz anchadan beri kutayotgan edingiz. Shunday ekan mana u. Bu phone (1) dizayni. Ko'pi hali oldinda. 12-iyulga tayyorlaning."

Bularning bari sodir bo'lishidan avval esa Karl Pey va jamoa ishtirokidagi smartfon taqdimotiga tayyorgarlikning sahna ortidagi lavhalari videosi Nothing rasmiy YouTube sahifasiga chiqarilgan va unda Karl Pey'ning phone (1) ushlab turgani payqab qolingan edi.

Videodan olingan suratda kompaniya rahbari ushlab turgan telefon va bugungi rasmiy suratdagi telefon bir-biriga 100% mos keladi va bu bo'lajak phone (1) dizaynidir.

phone (1) texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, u Qualcomm'ning Snapdragon 7 Gen 1 chipseti bilan Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Nothing OS qobig'ida ishlaydi va simsiz zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi.

Nothing o'zining phone (1) smartfonini 12-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da taqdim qilinadi.

O'QING: Nothing smartfoni zaryadlanish tezligi ma'lum bo'ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!