Nothing phone (1) smartfonida birinchi ishkal

Nothing phone (1) smartfonida birinchi ishkal

Ekranning yashil tusga kirib qolishi AMOLED displeyli smartfonlarda onda-sonda uchrab turadi. Nothing phone (1) ham ana shunday muammoga uchradi.

Bunday muammo bitta smartfonda yuzaga kelmagan, ko‘plab foydalanuvchilar smartfonning ekrani yashil rangga kirib qolgani haqida Twitter'da xabar qoldirganlar.

Bir foydalanuvchi smartfonni Flipkart'dan sotib olgan. Ekranda yashil rang paydo bo‘lib qolganidan so‘ng smartfonni qaytarib yuborgan. Smartfon almashtirib berilganda ham xuddi shunday texnik nosozlik kuzatilgan. 

Shuningdek, Pixel 6 qurilmalarida bo‘lgani kabi phone (1) modelining selfi kamerasi atrofida ham yashil dog‘lar paydo bo‘lib qolgan.

Nothing kompaniyasining Twitter jamoasi ushbu muammodan xabardor. Hozircha kompaniya tomonidan hech qanday rasmiy ko‘rsatma berilmagan. 

O‘QING: Xitoy kompaniyasi UEFA bilan hamkorlik qiladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!