Nothing Phone 1 va Samsung Galaxy A73 texnik xususiyatlarini solishtiramiz

Nothing Phone 1 va Samsung Galaxy A73 texnik xususiyatlarini solishtiramiz

Bir necha kun oldin Nothing kompaniyasi o'zining ilk smartfoni, phone (1) ni taqdim qildi. Ushbu Android telefonning boshlang'ich narxi 475 dollar bo'lib, u Snapdragon o'rta darajali smartfonlar oilasiga mansub. Biroq, londonlik kompaniya bu bozorda yagona o'yinchi emas. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi anchadan beri bu yo'nalishda yetakchilik qilib keladi va u ham joriy yilning mart oyida o'zining Galaxy A33, A53 va A73 smartfonlarini chiqargan edi. Ular orasida Galaxy A73 esa smartfoni Phone 1 uchun jiddiy raqobatchi bo'lishi mumkin. Xo'sh, ularning qaysi biri yaxshi? Quyida ikki smartfonning texnik xususiyatlari bilan tanishamiz. 

  Nothing Phone 1 Samsung Galaxy A73
Ekran 6.55 dyuym, OLED, 120Hz  6.7 dyuym, Super AMOLED Plus, 120Hz
Tanasi

159.2 x 75.8 x 8.3 mm, 193.5 g

shisha orqa panel va alyuminiy ramka

163.7 x 76.1 x 7.6 mm, 181 g

plastik orqa panel va ramka

Suv, changdan himoya IP53  IP67
OS Nothing OS (Android 12) One UI 4.1 (Android 12)
Chipset Snapdragon 778G+ Snapdragon 778G
Operativ xotira 8/12GB 6/8GB
Doimiy xotira 128/256GB 128/256GB
Batareya 4,500 mAh 5,000 mAh
Zaryadlanish tezligi 33W simli, 15W simsiz 25W simli
Orqa kamera 50 MP (f/1.9), PDAF, OIS
50 MP (f/2.2) ultrakeng
108 MP (f/1.8) PDAF, OIS
12 MP (f/2.2) ultrakeng
5 MP (f/2.4) makro
5 MP (f/2.4) chuqurlik kamerasi
Videoga olish (orqa kamera)

4K - 30fps bilan
1080p - 30/60fps bilan
gyro-EIS va jonli HDR

4K - 30fps bilan
1080p - 30/60fps bilan
gyro-EIS
Old kamera 16 MP (f/2.5) 32 MP (f/2.2)
Videoga olishi (old kamera) 1080p - 30fps bilan 4K - 30fps bilan
1080p - 30fps bilan
microSD uyasi  yo'q bor (SIM karta bilan ulashiladi)
SIM karta uyasi ikkilik gibrid ikkilik

Ko'rish mumkinki, Nothing smartfoni biroz yaxshiroq chipset bilan tezkor zaryadlanishga ega bo'lsa ham, boshqa ko'plab texnik xususiyatlar borasida Samsung telefoni ustunlik qiladi. Lekin phone (1) da Galaxy A73 da topilmaydigan noyob dizayn, ajoyib funksiyalar ham mavjud. Uning shaffof orqa paneli ostidagi chiziqli LED chiroqlari Glyph interfeysi deb nomlanadi va ular sizga qo'ng'iroq qilishayotganda ringtonga momand tarzda o'chib yonadi. Bundan tashqari, chiroqlarning biri smartfon zaryadlanish bari sifatida ham xizmat qiladi.  

Qisqasi, agar siz smartfonlarni ularning texnik xususiyatlariga qarab oladigan bo'lsangiz, Galaxy A73 sizbop bo'lishi mumkin. Yoki agar siz yangiliklarga o'ch va qo'lingizda o'zgacha ko'rinishdagi smartfon ko'rishni xohlasangiz Nothing Phone 1 aynan siz uchun.

O'QING: realme GT2 Explorer Master modeli taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.