Nothing phone (1)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Nothing phone (1)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Katta shov-shuvlarga sabab Nothing phone (1) smartfoni nihoyat taqdim etildi. Kompaniya asoschisi Karl Pei shov-shuv ko‘targan ushbu qurilmani kutilmaganda oddiy taqdimot marosimida e’lon qildi. 

Kompaniyaning birinchi smartfoni dizayn bo‘yicha boshqa qurilmalardan farq qiladi - yangicha qiziqarli innovatsion yechim. Uning texnik ko‘rsatkichlari o‘rta toifadagi smartfonlar kabi. 

Phone (1) modeliga 1080p rezolyutsiyadagi 120 gerts chastotada ishlovchi 6.55 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan. Bu oddiyroq displey bo‘lgani uchun smartfonga eng so‘nggi Snapdragon chipini o‘rnatish shart bo‘lmagan. Shuning uchun qurilma o‘rta darajadagi Snapdragon 778+ 5G chipiga ega bo‘lgan. 

Kamera bo‘yicha ham smartfon yaqqol ajralib turmaydi. Orqa paneldan optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy va 50MP ultrakeng kameralar o‘rin olgan bo‘lsa, old tomonda avtofokus funksiyaga ega 16MP yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. 

Smartfon 33 vatt quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, u 15 vattda simsiz quvvat oladi hamda o‘zidan quvvat ham berishi mumkin. 

Nothing phone (1)'ning uchta o‘ziga xos tomoni mavjud: birinchisi suv sachrashiga chidamli shaffof orqa panel, ikkinchisi sof Android 12 tizimiga o‘xshash Nothing interfeysi, uchinchisi esa orqa paneldagi noyob Glyph yoritish interfeysi

Zamonaviy texnologiyalarisiz hozirgi vaqtda bozorga kirib kelish katta riskka sabab bo‘ladi. Lekin 2022 yilda 450 yevro evaziga flagman smartfon ishlab chiqarish mushkul. Albatta, hozirgi davr sakkiz yil avval OnePlus'ning smartfon bozoriga kirib kelishidan ancha farq qiladi. 

Shuning uchun 4K displey va akkumulyator quvvatini ko‘p sarflaydigan kuchli chiplarga o‘rtiqcha pul sarflashdan ko‘ra, smartfonga eng foydali funksiyalar qo‘shish oqilona qaror bo‘lgan desak yanglishmaymiz. 

Nothing phone (1)'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.2x75.8x8.3mm,194g; Old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel (Gorilla Glass 5), alyuminiy rom; orqa panelda joylashgan LED chiroqlari (bildirishnoma va quvvat olayotganini bildiruvchi, shuningdek, kameraga yorqinlik beruvchi vazirlarni bajaradi), qizil chiroq (video yozayotganini bildiradi), IP53 standarti.

> Displey: 6.55 dyuymli OLED, 120 gerts, HDR10+, 1200 nit yorqinlik (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 402ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM7325-AE Snapdragon 778G+ 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (1x2.5 GHz Cortex-A78 & 3x2.4 GHz Cortex-A78 & 4x1.8 GHz Cortex-A55); Adreno 642L.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, Nothing OS.

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.9, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 50 MP, f/2.2, 114˚, 1/2.76“, 0.64µm, PDAF.

> Selfi kamera: 16 MP, f/2.5, (keng), 1/3.1“, 1.0µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek, gyro-EIS, HDR; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 70 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 15 vatt simsiz quvvlanish imkoniyati, 5 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati, Powe Delivery 3.0, Quick Charge 4.0.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; stereo dinamik.

Asosiy kamchilik deb smartfon to‘liq chang va suvdan himoyalanmaganligini aytish mumkin. To‘g‘ri, qurilma suv sachrashiga chidamli, biroq kamida IP67 standartini o‘rnatsa bo‘lar edi. 

Nothing phone (1) qora va oq ranglarda sotuvga chiqdi. Xotira hajmi bo‘yicha qurilmaning 8/128GB, 8/256GB va 12/256GB versiyalari mavjud. Bazaviy modelning narxi 469 yevroni tashkil qiladi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon ekologik toza, ya’ni qayta ishlangan materialdan yasalgan qutida keladi. Qutining dizayni umuman boshqa, smartfonni olish uchun qutining yuqori qismini ochish kerak bo‘ladi. 

Foto: GSMArena 

Uning ichida smartfon bilan birga USB-C kabeli va chiroyli SIM-karta ejektori bo‘ladi. Smartfon ekranini himoya qilish maqsadida zavoddan maxsus plyonka qoplami o‘rnatilgan bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 modellarining narxi ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.