Nothing Phone 2 qaysi Snapdragon 8 Gen chipset bilan chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Nothing Phone 2 qaysi Snapdragon 8 Gen chipset bilan chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Barselonada bo‘lib o‘tgan MWC 2023 tadbiri davomida Nothing rahbari Karl Pey o‘zlarining yangi avlod Phone smartfoni Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlanishini, lekin aynan qaysi model ekanligini ochiqlamangan edi. Qualcomm rahbari esa bu sirni oshkor qilib qo‘ydi.

Aleks Katuzian, Qualcomm kompaniyasining katta vitse-prezidenti o‘zining LinkedInsahifasida Nothing kompaniyasini o‘zining Phone 2 smartfonini ishlab chiqarishda Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetidan foydalanishi bilan tabrikladi.

Aleks ushbu xabarni darhol "Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset"ga o‘zgartirgan. Biroq Internet aholisi original xabarni skrinshot qilib ulgurgan edi.

Garchi bu eng oxirgi model bo‘lmasa ham Snapdragon 8+ Gen 1 o‘tgan yilgi Nothing Phone 1 smartfonining Snapdragon 778G+ chipsetidan ancha sezilarli samaradorlik taklif qila oladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!