Nothing smartfoni narxi ma'lum bo'ldi

Nothing smartfoni narxi ma'lum bo'ldi

Nothing keyingi oyda o'zining oddiygina phone (1) deb nomlanadigan birinchi smartfonini taqdim qiladi. Boshqa ko'plab smartfon ishlab chiqaruvchilaridan farqli o'laroq kompaniya taqdimotdan oldin o'z smartfoni dizaynini va uning ayrim noyob xususiyatlarini ommaga ko'rsatib bo'ldi.

Xuddi o'tgan yilgi Nothing ear (1) simsiz quloqchinlari kabi phone (1) ham shaffof dizaynda bo'lishi allaqachon ma'lum bo'lgan edi, endilikda, smartfonning qora rangli varianti ham bo'lishi tasdiqlandi.

So'nggi yangiliklarga ko'ra, phone (1) uch xil xotira variantida, quyidagicha narxda sotuvga chiqariladi:

8GB + 128GB — $399
8GB + 256GB — $419
12GB + 256GB — $449

phone (1) taqdim qilinganidan ikki haftacha o'tib uning sotuvi boshlanishi aytilmoqda. Shuningdek, Nothing o'z smartfonlarini Hindistondagi oflayn do'konlarida ham sotuvga chiqarishi mumkin.

O'QING: phone (1) texnik xususiyatlari