Nothing smartfoni noyob qobilyatlarga ega!

Nothing smartfoni noyob qobilyatlarga ega!

Nothing kompaniyasi tez orada o'zinining ilk smartfoni, phone (1)'ni taqdim qiladi va biz allaqachon uning shaffof panelga ega orqa dizaynini ko'rdik. Garchi qurilmaning "ichak-chavoqlari" ko'rinib turmasada, u xuddi orqa qopqog'i yopilmagan smartfonga o'xshaydi va bu uning yagona o'ziga xos xususiyati emas. Telefon orqasida C shaklida kamerani, G shaklida simsiz zaryadlash maydonchasini LED chiroq o'rab turadi. Shuningdek, pastki markazda ham undov belgisi ko'rinishidagi, o'ng yuqori burchakda ham qiyshiq o'rnatilgan chiziq shaklidagi ana shunday chiroqlar mavjud va ma'lum bo'lishicha, ular shunchaki yonib turadigan chiroqlar emas.

MKBHD nomi bilan tanilgan YouTuber Markes Braunli Nothing Phone 1 smartfoniga eksklyuziv huquqni qo'lga kiritdi va birinchi marta telefonning old tomonini ko'rsatdi. Va'da qilinganidek, smartfon old tomonining pastki qismida "jag'i" yo'q va ekran birozgina qalinroq, bir xil o'lchamdagi ramka bilan o'ralgan. Selfi kamerasi esa ekranning chap yuqori burchakda joylashgan. Ha, bir qarashda u oddiy Android smartfonlarga o'xshaydi.

Orqa tomoniga keladigan bo'lsak, shaffof ko'rinish uning noyob taraflaridan biri, lekin undan ham ajoyibi uning LED chiroqlaridir. Ma'lum bo'lishicha, bu chiroqlar birgalikda Glyph (Glif) interfeysi deb ataladi va ular 900 dan ortiq LED'lardan yaratilgan.

Eng avvalo barcha smartfonlardagi LED chiroqlar kabi phone (1) orqa chiroqlari ham qorog'uda oddiy chiroq sifatida yoki suratga olish vaqtida yorug'likni to'ldirish uchun xizmat qila oladi. Shuningdek, qachonki sizga bildirishnoma kelganida chiroqlar sizga buni bildirish uchun yonib-o'chish xususiyatiga ham ega. Simsiz zaryadlanish maydonini o'rab turgan G shaklli chiroq esa telefonni simsiz zaryadlashni boshlaganingizda yoki aksincha, boshqa qurilmaga simsiz zaryad ulashishni boshlaganingizda yonib turadi.

To'g'ri, bu oddiy xususiyatlar, lekin bunisi: smartfonni simli zaryadlashni boshlaganingizda pastki markazdagi undov (yoki "i" harfining teskari?) shaklidagi chiroq quvvatlash jarayonini ko'rsatib turuvchi panel bo'lib xizmat qiladi. Masalan, smartfon 50% quvvatiga yetganda yorug'lik undovning yarmigacha bo'ladi va bu juda foydali.

Bu ham hayron qoldirmadimi? Unda bunisichi: phone (1) o'zining ichki 10 xil ringtonlariga ega va ular LED chiroqlar bilan moslashtirilgan bo'lib, qachonki sizga qo'ng'iroq bo'lganida rington tovushlariga mos ravishda chiroqlar ham yonib o'chadi. Siz bu ringtonlarning har birini har xil kontaklaringiz uchun o'rnatishingiz va bunda telefoningiz ovozi o'chiq bo'lganda ham LED chiroqlar yonib o'chishiga qarab kim qo'ng'iroq qilayotganini ko'rishingiz mumkin. Mana buni smartfonlar olamida yangilik desa bo'ladi.

Bunday ringtonlar dasturiy ta'minot yangilanishi bilan yanada ko'paytirilishi mumkin. Ta'kidlash joizki, siz butun Glyph interfeysini uning uchun maxsus sozlamalar bo'limidan boshqarishingiz mumkin.

Nothing Phone 1 kelayotgan iyul oyining 12-sanasida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Nothing'ning ilk smartfoni qachon taqdim qilinishi rasman ma’lum qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!