Nothing smartfoni zaryadlanish tezligi ma'lum bo'ldi

Nothing smartfoni zaryadlanish tezligi ma'lum bo'ldi

Bir necha kun oldin Nothing kompaniyasi o'zining birinchi mobil qurilmasini 12-iyul kuni taqdim qilishini ma'lum qilgan edi. Taqdimot sanasiga yaqinlashib borar ekanmiz bo'lajak qurilmaning TUV sertifikatlari Internetga sizdirildi. Unga ko'ra, Nothing Phone 1 smartfoni 45Vt tezlikda zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi. Bunday tezlik bilan smartfon 20 daqiqa ichida 0 dan 50 foizgacha quvvatlana oladi.

Sertifikatda Nothing markali uchta: C304, C347 va C348 modeldagi zaryadlovchilar haqida ma'lumotlar keltirilgan va bular bitta zaryadlovchining uchta global varianti bo'lishi mumkin. Adapterlar 45 Vtgacha tez zaryadlashga baholangan va ular IP20 himoya darajasiga ega.

Bundan tashqari, zaryadlash adapteri 45 Vtgacha bo'lgan PPS zaryadlash standartiga ham mos keladi. Bu degani siz noutbuklar va boshqa Android flagman qurilmalari kabi qurilmalarni ham tez zaryadlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Ta'kidlash joizki, Nothing phone (1) simsiz zaryadlanishni ham qo'llab-quvvatlaydi.

O'QING: Galaxy Z Flip 4 jonli suratlarda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!