Nothing tez orada o‘zining birinchi smartfonini taqdim etadi

Nothing tez orada o‘zining birinchi smartfonini taqdim etadi

Bir hafta oldin Nothing kompaniya o‘zining birinchi smartfonini tez orada taqdim etishi haqidagi postini Twitter sahifasiga joylagan edi. 

Kecha esa kompaniya yana bir yangi twitni e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya yaqin kunlar ichida o‘zining birinchi smartfonini taqdim etadi. Shuningdek, twitda kompaniyaning taqdimot hamkorlari ham eslatib o‘tilgan. Hamkorlar qatoridan Britaniyaning O2 kompaniyasi, Germaniyaning Deutsch Telecom operatori va Hindistonning Flipkart onlayn do‘koni o‘rin olgan.  

Agar smartfon ushbu haftada e’lon qilinsa ham, u kelasi oydan, aniqrog‘i, 21 iyul sanasida sotuvga chiqadi. Mish-mishlarga qaraganda qurilmaning narxi 535 dollar atrofida bo‘ladi. 

Kompaniya oshkor qilgan ma’lumotlarga qaraganda smartfon korpusi qayta ishlangan alyuminiydan yasalgan bo‘ladi. Ekranning pastki qismidagi ramka ancha ingichka va orqa panel shaffof  bo‘ladi. Bundan tashqari, gadjet simsiz quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda Snapdragon chipiga ega bo‘ladi. 

@TechDroider insayderi ham smartfonga oid norasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, smartfon 1,080 x 2,400 piksel rezolyutsiyadagi 6.55 dyuymli yassi OLED displeyi bilan jihozlanadi. Displey yuqori yangilanish chastotada ishlashi aytilmoqda, biroq bu aniq qaysi chastotada bo‘lishi noaniq bo‘lib qolmoqda. 

O‘QING: Hali taqdim etilmagan smartfonni qutidan ochib ko‘rishdi