Nothing yangilik qilishda davom etadi

Nothing yangilik qilishda davom etadi

Yilning eng shov-shuvli smartfonini taqdim qilganidan keyin, Nothing o‘zining navbatdagi yangi mahsulotini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya yangi simsiz quloqchinlar, Ear (stick) tizer suratlarini ulashdi.

Ear (stick) kompaniyaning Ear (1)'dan keyingi, ikkinchi simsiz quloqchinlari bo‘lib, u ilk bor Londonda bo‘lib o‘tgan SS23 moda festivalida, Chet Lo podyumida namoyish qilindi.

Bozordagi boshqa quloqchinlardan farqli o‘laroq, Ear (stick) o‘zining silindr shakldagi quvvatlagich keysi bilan ajralib turadi.

Qo‘shma Shtatlar uchun Nothing PR menejeri Lyuis Xopkinsning ma’lum qilishicha, Ear (stick) kompaniyaning hozirgi simsiz quloqchinlari uchun shunchaki yangi keys emas. "Ear Stick butunlay yangi mahsulot. Yangi zaryadlovchi keys va yangi quloqchin" deydi u The Verge nashriga.

Nothing o‘zining navbatdagi simsiz quloqchinlarini nihoyatda qulay va quloqlar uchun moslashtirilgan ekanligini aytib, ularni "ajoyiblikda noyob" va "patdek yengil" deya ta’riflaydi.

Ta’kidlash joizki, Ear Stick haqidagi birinchi mish-mishlar Phone 1 taqdim qilinishi arafasida tarqatilgan yangi quloqchinlar silikon yostiqchalarsiz chiqarilishi aytilgan edi.

Nothing matbuot xabariga ko‘ra, Ear Stick shu yil oxirida chiqariladi. 

O‘QING: Apple oktyabrda yangi qurilmalarni taqdim qiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.