Nothing'ning ilk smartfoni qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum qilindi!

Nothing'ning ilk smartfoni qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum qilindi!

Nothing (Hech narsa), OnePlus smartfon brendining asoschilaridan biri bo'lgan Karl Pey boshchiligidagi yangi startap o'zining ilk mobil qurilmasini 2022-yilning 12-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da taqdim qilishini rasman ma'lum qildi. Oddiygina phone (1) deb nomlanadigan yangi-brend smartfon Londonda bo'lib o'tadigan Nothing (event) – Return to Instinct tadbirida birinchi marta rasman ko'rsatiladi va, ha, albatta, taqdimotni kompaniyaning rasmiy veb-saytida jonli ko'rish ham mumkin bo'ladi.

Hozirgacha smartfonning ko'rinishi yoki texnik xususiyatlari rasman ma'lum qilinmagan, biroq, tahminlarga ko'ra, Nothing Phone 1 o'rta darajali telefon bo'lib, u Qualcomm'ning Snapdragon 7 Gen 1 chipseti bilan Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Nothing OS qobig'ida ishlaydi va simsiz zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi. Qurilma shaffof orqa panel, qayta ishlangan alyuminiy ramka va old tomonining yuqori markazida teshikli selfi kamera bilan ekran pastida "jag'siz" (qalin qora ramka chegarasisiz) dizayniga ega bo'ladi. Mish-mishlarga ko'ra smartfon €500 (6 million so'mga yaqin) narxda bo'ladi va 21-iyuldan sotuvga chiqariladi.

Nothing smartfoni kompaniyaning elektron mahsulotlari ekotizimini yaratish uchun navbatdagi qadam bo'ladi. Hozirda kompaniya sotuvida faqat o'tgan yili  taqdim qilingan ear (1) simsiz quloqchinlari mavjud.

O'QING: Xiaomi 12 Ultra yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi