Noutbuk olmoqchimisiz? Sotuvchi emas, quyidagi 5 tavsiyaga quloq tuting

Noutbuk olmoqchimisiz? Sotuvchi emas, quyidagi 5 tavsiyaga quloq tuting

Bugungi axborot texnologiyalari bozoridagi rang-baranglik xaridorni chalg‘itib, elektron qurilma tanlashda xato yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishiga olib kelishi mumkin.

Xususan, bozorda 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari raqobat uchun kurashayotgan bir paytda xaridorga hamma o‘z mahsulotini o‘tkazishga harakat qiladi. Ba’zi bir “HD displey”, “HD yorqin namoyish” kabi marketingga oid so‘z va ta’riflar sizni chalg‘itmasin.

Kimdir noutbuk akkumulyatorini, kimdir ekranni maqtasa, boshqa birov uning protsessorini ko‘klarga ko‘taradi. Quyida noutbuk tanlashda siz e’tibor qilishingiz lozim bo‘lgan 6 muhim jihatni aytib o‘tamiz. Qurilmani shular asosida tanlasangiz, yutqazmaysiz.

1. Noutbuk displeyining piksellar sig‘imi va turiga ahamiyat bering. Imkoni boricha LCD’ning IPS texnologiyasi asosidagi displeyni tanlang. Bu TN texnologiyasiga ega ekrandan yaxshiroq.

Piksel sig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, tasvir shuncha sifatli bo‘ladi. Aksari hamyonbop noutbuklarning ekrani 1366 x 768 sig‘imli bo‘ladi. Imkon bo‘lsa, 1920 x 1080 pikselli full HD yoki 1080p namoyishga ega ekran tanlang. Bugun piksel sig‘imi 3840 x 2160 bo‘lgan ekranli noutbuklar ham bor. Ularning akkumulyatori ham shunga yarasha katta sig‘imli bo‘lishi kerak.

2. Noutbukka audio tizimni reklama qilib yopishtirilgan “Dolby Advanced Audio”, “DTS Studio Sound”, “Waves MaxxAudi” kabi stikerlarga uchmang. Bugun deyarli barcha noutbuk ishlab chiqaruvchilari Xitoyning 1 yoki 2 AQSh dollari turadigan audio karnaylaridan foydalanishadi.

Undan ko‘ra sotuvchidan ovoz uzatkichning imkoniyatlarini so‘rang yoki o‘zingiz ko‘p eshitadigan musiqani noutbukka tashlab, uni tinglab ko‘ring. So‘ng uning sifati ma’lum bo‘ladi.

3. “TrueVision HD Webcam” degan marketing jumlasi ham diqqatingizni tortmasin. Deyarli barcha noutbuklar 720p (VGA) sig‘imli kameralardan foydalanadi. Undan ko‘ra sizning smartfoningizning old kamerasi yaxshiroq bo‘lishi mumkin.

4. Protsessor qurilmaning “miya”sidir.

Sotuvchining noutbukni 4 GB tezkor grafik tasvir xotirasi borligi haqidagi e’tiroflariga uchmang. Aslida grafik tasvir tezkor xotira u qadar ahamiyatga ega emas.

Uning o‘rniga qurilmada GDDR3, GDDR4 yoki GDDR5 kabi grafik tasvir xotiralaridan o‘rnatilganiga e’tibor qarating. Biroq, unutmang noutbukning tezkor ishlashi bosh tezkor xotiraga bog‘liq va uning esa DDR3 tipidagisi yaxshi.

Nisbatan arzon va tasvir namoyishi ham o‘rtacha noutbuklarda Intel Core i3 / i5 turidagi protsessorlar bo‘ladi.

Agar siz qurilmada o‘yin o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, Intel Core i7 protsessorlisini olganingiz ma’qul.

Intel Atom esa o‘rtacha, arzon noutbuklarda ishlatiladi. Unda namoyish o‘rtacha bo‘lsa ham, akkumulyator quvvati uzoqqa bormaydi.

Bugun noutbuk bozorida 2 GB tezkor xotiraga ega noutbuklar narxi 250 AQSh dollaridan boshlanadi. Siz esa kamida 4 GB, agar cho‘ntak ko‘tarsa 8 GB tezkor xotiraga ega noutbuk xarid qiling. Tezkor xotiraning keyinchalik ham kengroq sig‘imlisiga almashtirish mumkin.

5. Narx-navoga e’tibor qiling.

$150 dan $250 gacha: Chromebook eng arzon noutbuklar sirasiga kiradi. Shu bilan birga, HP Stream 11 va Lenovo Ideapad 100S ham arzonligi bilan mashhur. Ularda ishlash tezkorligi ham nisbatan sekin. Ammo ularda ham film ko‘rish, murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni o‘ynash, internetdan foydalanish mumkin.

$350 dan $600 gacha: 4 Gb yoki 8 GB tezkor xotira, 500 GB doimiy ichki xotira, Intel Core i5 yoki AMD A8 CPU protsessorlariga ega noutbuklarni olish mumkin. Ammo ularning hammasida ham  full-HD displey va kuchli akkumulyator bo‘lmaydi.

$600 dan $900 gacha: yengil, kuchli va tezkor noutbuk olish mumkin. Misol uchun, 13 dyuymli MacBook Air  yoki Dell XPS noutbuklari.

Eslatma: mazkur narxlar xalqaro bozordagi narx-navoga muvofiq va mahalliy bozordan farq qilishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!