Noutbuk-transformer Surface Book va Microsoftning boshqa yangiliklari

Noutbuk-transformer Surface Book va Microsoftning boshqa yangiliklari

Microsoftning prezetatsiyasi ajoyib syurprizlarga boy bo‘ldi. Brend o‘z yangiliklarida foydalanuvchilar uchun ko‘plab qulayliklar va hayratlanarli funksiyalar bo‘lishiga harakat qilgan.

Microsoft Band

Aqlli blakuzukning konsepsiyasi va tashqi ko‘rinishida katta o‘zgarish kuzatilmagan. OLED-ekran kichik ko‘rinishda qolgan, kattalashmagan. Gorilla Glass 3 oynasi “himoya qiladi”. Microsoft mutaxassislarining fikricha, Microsoft Band barcha mashhur platformalar bilan integratsiyalashuvni taklif qiluvchi bozordagi yagona qurilma. Bundan tashqari u sportchining VO2 max (maksimal kislorod xajmi) ko‘rsatkichlarini o‘lchovchi yagona gadjet.

microsoft-band-012-2040.0_1444149435
Yangi datchiklar — GPS, ultrabinafshali sensor, uyg‘otuvchi treker i boshqalar. Avvalgidek Band shaxsiy mashg‘ulotlar haqidagi eslatmalarni smartfondan uzatishni taklif qiladi. Bu jarayondagi asosiy o‘zgarish—barometr.


Cortana ovozli yordamchida ham yangilik bor. Endi u mashg‘ulotlarni tasodifan o‘tkazib yuborsangiz, uni qayta rejalashtirishni taklif qiladi. Microsoft bu xizmatni blaguzugida joriy qilish uchun Uber, Runkeeper, MyFitnessPal, Twitter va boshqa kompaniyalar bilan bitim tuzdi. Microsoft Band 2 joriy yilning 30 oktyabridan savdoga chiqadi.

Microsoft Lumia 950 va 950 XL

Bu ikki flagmanlar haqidagi gaplar tarmoqqa siza boshladi. Anonsga ishonsak, ular texnik jihatdan ancha qiziqarli. Ichi —8 yadroli protsessor va Qualcomm 810 bilan jihozlangan. Displeylar dioganali — 5,2 va 5,7 dyuym. Ekran OLED texnologiyasi asosida. Bu Ambient-ekranda ortiqcha energiya sarflamasdan ma’lumotlarni ko‘rsatib turish imkonini beradi. Yangi antenna aloqa sifatini oshiradi.


Kamera 20 megapikselli optik stabilizatsiyaning yangi avlodi bilan ta’minlangan. O‘chirish uchun alohida tugma va uch karra oshirilgan LED-chaqnoq (vspishka) ham bor. Barcha yangi flagmanlar singari ular ham 4K video tasvirga oladi. Ichida 32 Gb xotiraga ega (yana oshirish mumkin). Universal port USB Type C tez quvvatlashga yordam beradi.

Flagmanlarning ichini Microsoft Display Dock to‘ldirgan. Bir vaqtning o‘zida smartfon, qolaversa, ekran, sichqon, klaviatura va to‘liq kompyuter interfeysi Windows 10 dagi Windows Helloga o‘xshaydi.
Noyabrda sotuvga chiqadigan smartfonlar bahosi: Lumia 950—$549 dollar, Lumia 950 XL— $649 dollar.

Microsoft Surface 4

Bu Windowsning ideal plansheti. Eng oldi tavsif, funksional stil, ancha qulay klaviatura va Type Cover dagi tachpad sensor panel va hatto sirtqi dok bu planshetning ishbopligin ta’minlagan. Unumdorlikka 16 Gb xotiraga ega 6-avlod Intel protsessorlari “mas’ul”. Sensorli ekranda ham yangliklar yetarli. Piksel zichligi 267 ppi (12,3 dyuym).

Display oinasiga “javobgar” 0,4 millimetrlik 4-avlod Gorilla Glass. Surface Pro 4 — bor yo‘g‘i 8,4 millimetr bo‘lib, kompaniya muhandislarining alohida faxrlanadigan jihati. Bu eng yupqa Surfacedir.


Type Cover — bu har jihatdan kuchli. Surface uchun yana bir foydali aksessuar —4 portli USB 3.0, ikkita 4K DisplayPort va Ethernet dok-stansiya.  Surface Pro 4 ning sotuvga chiqish sanasi 26 oktyabr.

Surface Book — Ultimate-noutbuki

Sensor ekran 13,5 dyuymli dioganal (267 ppi). Bu aynan shunday hajmdagi eng tezkor va eng ingichka PC sanaladi. U Intel Core i7 protsessorining so‘nggi avlodi, Xbox kopmaniyasining GDDR5 xotiraga ega NVIDIA grafik chipi bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari tezkor SSD va avtonom rejimda 12 soatga yetadigan akkumulyator ham bor. Eng ajoyib jihati shundaki, Surface Book — bu displeyi ajraluvchi transformer.

Ajralgan holatda qalinligi — 7,7 millimetr, og‘irligi —700 gramm. Boshlang‘ich bahosi $1500 dollar bo‘lgan noutbuk 26 oktyabrda sotuvga chiqariladi.

Microsoft HoloLens

Mutlaqo erkin, hech bir bog‘lamalarsiz virtual reallikka olib kiruvchi ko‘zoynak va geyming uchun ideal darajadagi qo‘shimcha ulov.


Project XRay — Virtual dunyodagi kelajak o‘yinlari uchun ajoyib gologramma. Dastlabki to‘plam 2016 yilning birinchi kvartalida sotuvga chiqadi va narhi $ 3000 dollar atrofida bo‘ladi. Loyihaning to‘liq anonsi 2020 yilga mo‘ljallangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!