Noyob fotosurat deyilmoqda: talaba Somon Yo‘lini rasmga oldi

  •   Saroy
  •  1223
  •  31.10.2018 11:24

Noyob fotosurat deyilmoqda: talaba Somon Yo‘lini rasmga oldi

18 yoshli Jozef Fitsjerald-Patrik Buyuk Britaniyaning janubidagi Kornuolla kurfazlarining birida tungi osmonni suratga olishni yoqtirardi. Uning suratlari haqiqatan ham kishini hayratga soladi. Rasmlarida Somon Yo‘li galaktikamiz butun chiroyi bilan aks ettirilgan. Ajoyib osmon manzarasini sohil bo‘yi qoyalari syurrealistik tarzda to‘ldirib turibdi.

O‘zining hali o‘spirinligiga qaramay, Jozef Fitsjerald-Patrik fotosuratchilar orasida o‘z o‘rnini topdi.  Chunki uning rasmlari  turli konkurslarda, masalan  Landscape Photographer Of The Year’da bir necha marta g‘olib bo‘lgan. Ishlash uchun yosh fotograf juda sabrli bo‘lish kerakligini maslahat beradi. U ajoyib suratlar qilish uchun tunlarni uyqusiz o‘tkazadi.

O‘QING: Osmondan yer ostiga: galaktikani o‘rganish texnologiyasi metrolarda qo‘llaniladi

Yigitcha dengiz uzra Somon Yo‘lini suratga olish uchun tungi ikki yarimda uyqudan turib, 10 kilometrlik yo‘l  bosib sohilga kelgan. Fitsjerald-Patrikning aytishicha, peyzajli fotografiya qilish uchun juda ko‘p kuch, iroda hamda sabr kerak bo‘ladi. «Ba’zan, surat olish uchun yaxshi sharoitni haftalab kutishga to‘g‘ri keladi».

O‘QING: Xitoyning Marsdagi bazasi namoyish etildi (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!