Nozikta’b yaponlar ko‘p xarid qilayotgan 2 smartfon modeli

Nozikta’b yaponlar ko‘p xarid qilayotgan 2 smartfon modeli

Yaponiyaning BCN nashri mamlakatda yaxshi sotilayotgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. 2018 yilning 16 iyun holatida quyidagi smartfonlar yaponiyaliklar tomonidan eng ko‘p xarid qilinmoqda:

iPhone 8 (64 GB)

iPhone 8 – 4,7 dyuymli quyuq kristalli, 1334 × 750 pikselli displey (har dyuymda 326 ta belgi), iPhone 8 Plus – 5,5 dyuymli, Full HD (1920 × 1080, har dyuymda 401 ta belgi) quyuq kristalli displeyga ega bo‘lgan.

iPhone 8 flagmani orqa panelida yap-yangi 12 megapikselli va bitta sensorli kamera o‘rnatilgan. Bu kamera yuqori sifatli tasvir olishni va’da bermoqda.

iPhone 8 – kuchli protsessor, yaxshi ekran va kameraga ega smartfon. Shu bilan birga, narx avvalgi modelniki kabi qolgan. Ixcham form-faktor hisobiga u qo‘lda mustahkam joylashadi. iPhone 8 modellarida avvalgi dizayn saqlanib qolgan – old panel ko‘rinishidan iPhone 7 modelini eslatib turadi. Apple iPhone 8 modeli AnTuTu benchmarkida 202920 ball to‘plagan. Eng ilg‘or Android ham bu natijaga havas qiladi.

Batafsil o‘qing: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari


Huawei P20 Lite

Martda taqdim qilingan Huawei P20 Lite korpusi metall romli, orqa paneli shishadan ishlangan. Xitoylik ishlab chiqaruvchi bu smartfonni ishlab chiqarishda iPhone X dizaynidan ilhom olgan. Displeyning yuqorisida mashhur «o‘yiq» bor, bosh kamera modullari tikka joylashgan.

P20 Lite ekranining o‘lchami – diagonaliga 5,84 dyuym, tomonlarining o‘zaro nisbati – 19:9 ga teng. Displeyning tavir aniqligi esa 1080x2280 pikselni tashkil etadi. Barmoq izi skaneri korpusning orqa panelidan o‘rin olgan.

Smartfon Kirin 659 chipi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Bu chip o‘rta imkoniyatli. Qo‘sh modulli kamera 16 va 2 megapikselli ikkita ob’yektivni o‘z ichiga olgan. An’anaviy tarzda, bularning ikkinchisi boke effekti, ya’ni orqa fonni xiralashtirib suratga tushirish uchun qo‘llanadi.

Huawei P20 Lite 500 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Keyingi o‘rinlarda Yaponiyaning milliy brendi bo‘lmish Sharp hamda Sony kompaniyalari ishlab chiqarayotgan smartfonlar turibdi. Ko‘rinib turibdiki, Apple yaponlar orasida eng nufuzli smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lib turibdi. Huawei esa yaponlar orasida tez ommalashayotgan yagona xitoylik ishlab chiqaruvchi bo‘lib qolmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.