Nubia qayishqoq displeyli ilk «aqlli» soat-smartfonni tayyorladi

  •   DiMaX
  •  602
  •  30.01.2019 15:30

Nubia qayishqoq displeyli ilk «aqlli» soat-smartfonni tayyorladi

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi turli innovatsion qurilmalar ishlab chiqishda davom etmoqda. 2018 yil oxirigacha bozorga taqdim etilgan Android-smartfonlarning samaradorlik reytingida uning Nubia Red Magic Mars o‘yinbop smartfoni birinchi o‘rinni egallagan.

O‘QING: 2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

Mazkur kompaniya boshqa turdagi devayslar ustidagi ishlarini ham jadal olib borayotir. IFA 2018 ko‘rgazmasida u konseptual smartfon-bilaguzuk – Nubia α modelini ko‘rsatgandi.

Endi esa Nubia kompaniyasi qayishqoq ekranli buklama smartfoni konseptini ko‘rsatish uchun MWC 2019 tadbirida qatnashayotganini ma’lum qildi. O‘z yechimi Royole va Xiaomi qurilmalaridan farq qilishini u «Nubia boshqacha fikrlaydi» shiori bilan ta’kidlagan. Kompaniyaning top-menejeri so‘zlariga ko‘ra, ular bilakka soatdek o‘ralib turuvchi smartfon tayyorlashgan.

Kuzatuvchilarning taxminlariga ko‘ra, Barselonadagi ko‘rgazmada o‘sha Nubia Alpha’ning takomillashtirilgan varianti ko‘rsatiladi. Bularga yaqin orada aniqlik kiritilsa kerak – yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: IFA 2018: Qoyilmaqom kelajak smartfonini Nubia ko‘rsatdi (+video)