Nubia Red Devil taqdim etildi: atigi 560 dollarga Snapdragon 845 va 10 GB «operativka»li geymerofon!

  •   DiMaX
  •  699
  •  08.11.2018 14:04

Nubia Red Devil taqdim etildi: atigi 560 dollarga Snapdragon 845 va 10 GB «operativka»li geymerofon!

ZTE korporatsiyasining subbrendi bo‘lgan Nubia kompaniyasi o‘tgan yili o‘zining Red Magic rusumli o‘yinbop smartfonini taqdim etgandi. Endi uning ikkinchi avlodi ham tayyorlanayotgani xususida yozganmiz.

O‘QING: RASMAN: Nubia ham ikkinchi geymerofoni – Red Magic 2’ni jangga tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Nubia’ning ikkinchi avlod geymerofoni Red Magic 2 emas, balki Red Devil deb nomlangan ekan. Ayni damda kompaniya uni Xitoydagi kraudfanding saytida e’lon qilgan, ammo qurilmaning barcha xususiyatlari oshkor etilmagan.

Kompaniya ushbu smartfonining 10 gigabaytlik, LPDDRX4 turiga mansub tezkor xotirasiga urg‘u bergan. Ammo, ochig‘ini aytganda, Xiaomi kompaniyasining Black Shark Helo geymerofoni hamda Mi MIX 3 slayder flagmanidan keyin 10 gigabaytlik «operativka» unchalik ham yangilik emas.

Nubia Red Devil doimiy xotirasi ham chakki emas – 256 gigabaytlik hajmga ega. Shuningdek, Nubia Red Devil amerikalik chipsozning ayni damgacha rasman bozorga chiqarilgan eng kuchli – Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi. O‘yinlarda ortiqcha qizib ketmasligi uchun suyuqlikli sovitish tizimi joriy etilgan – u chip haroratini 13,2 darajaga tushira oladi. Shuning evaziga protsessor maksimal chastotada ham qizib ketmasdan, samaradorligi tushmasdan ishlayveradi.

O‘QING: Atigi 230 dollarlik Vivo Z3 – kompaniyaning ilk o‘yinbop smartfoni taqdim etildi

Bulardan tashqari, Nubia’ning ushbu «Qizil Iblis» smartfonida SmartPA ovoz kuchaytirgichiga asoslangan akustika tizimi ham qo‘llangan bo‘lib, u DTS texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma korpusidagi alohida tugmacha esa maxsus o‘yin rejimini ishga tushiradi. Bunda protsessor samaradorligi yanada oshiriladi, RGB chiroqlari hamda 4D Shock funksiyasi yoqiladi.

Nubia Red Devil uchun hozirdanoq Xitoyda buyurtma olina boshlagan. Uning 10 gigabaytlik «operativka» va 256 gigabaytlik ichki xotiraga ega talqini uchun 560 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Geymerofonning boshqacha konfiguratsiyadagi talqinlari ham chiqishi mumkin, lekin bu hozircha aniq emas. Uning asosiy raqibi – Black Shark 2 modelining 10 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega talqini uchun esa Xitoyning o‘zida 605 dollar so‘ralayotir.

Xiaomi kompaniyasining ilk o‘yinbop smartfoni – global proshivkali, 6/64 GB xotirali Black Shark modelini 3 849 000 so‘m evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!