Nubia Red Magic 5G necha vattlik quvvatlagichga ega bo‘ladi?

Nubia Red Magic 5G necha vattlik quvvatlagichga ega bo‘ladi?

Nubia o‘zining beshinchi avlod tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Red Magic smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Yaqinda kompaniya rahbari o‘zining Weibo sahifasida so‘rovnoma o‘tkazib, foydalanuvchilardan 40 vatt, 50 vatt va 55 vatt quvvatlanishning qaysi biri afzal ekanligi haqida fikr bildirishni so‘ragandi.

Qurilma haqida bir qancha ma’lumot paydo bo‘ldi va akkumulyator hajmi esa 4 500 mA/soat deb ko‘rsatildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning aksariyati 55 vattli quvvatlagich uchun ovoz berishgan. 4500 mA/soatlik batareyaning to‘liq zaryadlanishi uchun esa 40 daqiqa kifoya qilishi aytilmoqda. Nubia Red magic 5G'ning o‘zi 4500 mA/soatlik batareya va 55 vattlik tezkor quvvatlagichga loyiq ekanligi esa shubhasiz.Ushbu ma’lumotni NX659J indeksi bilan model protsedurasini o‘tkazgan 3C sertifikatlash markazi ham tasdiqlaydi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilma haqiqatdan 55 vattlik quvvatlanishga ega.

Smartfonning o‘zi haqida gapiradigan bo‘lsak, u Snapdragon 865 chipi, 16 Gb tezkor xotira, samarali suyuqlik sovutish tizimi, shuningdek 144GHz chastotada yangilanadigan displeyga ega va Wi-Fi 6'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma orqa tomoniga esa uch kamerali sistema o‘rnatiladi.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra necha daqiqada to‘liq zaryadlanadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!