Nubia X 5G taqdim etildi – dunyodagi yagona «ikki tomonlama» 5G-flagman!

  •   DiMaX
  •  1082
  •  28.06.2019 14:23

Nubia X 5G taqdim etildi – dunyodagi yagona «ikki tomonlama» 5G-flagman!

ZTE korporatsiyasining Nubia brendi o‘tgan yml oktyabrning so‘ngida Nubia X flagmanini taqdim qilgan edi. Bu – korpusining har ikki tomonida to‘laqonli ekrani mavjud bo‘lgan ilk smartfon bo‘lib, keyinroq Vivo ham shunaqasini yaratgan.

O‘QING: Vivo NEX Dual Display taqdim etildi: ikkita AMOLED-ekran, Snapdragon 845 chipi, 10 GB «operativka» va uch o‘lchamli kamera!

Kecha esa kompaniya uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi versiyasi – Nubia X 5G modelini namoyish qildi. Yangi smartfon originalidagi asosiy dizaynni saqlab qolgan – to‘liq romsiz bosh ekran hamda orqa tomonda qo‘shimcha displey. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi Snapdragon 845 chipi o‘rniga, uning «elektron yuragi» sifatida Snapdragon 855 tanlangan.

Bulturgi Nubia X singari, yangi flagman ham mutlaqo romsiz, diagonaliga 6,26 dyuymlik IPS-displeyga ega. Ekranda kemtik yoki tirqish ham mavjud emas – chunki unda old kameraning o‘zi yo‘q. Selfi olish uchun esa korpusning orqa tomonidagi qo‘sh modulli asosiy kameradan foydalaniladi. Bunda kishi o‘zini ko‘rib turish uchun 5,1 dyuymlik orqa ekrandan foydalanadi.

Afsuski, ishlab chiqaruvchi Nubia X 5G’ning boshqa texnik xususiyatlari – tezkor va doimiy xotirasi, akkumulyator tok sig‘imi kabilar haqida ma’lumot bermagan. Bundan tashqari, uning narxi va savdoga qo‘yilish vaqti, shuningdek, Xitoydan tashqari bozorlariga chiqish-chiqmasligi ham noaniq.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.