Nubia Z50 smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 bilan taqdim qilindi!

Nubia Z50 smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 bilan taqdim qilindi!

Nubia kompaniyasi Xitoyda o'zining yangi Nubia Z50 smartfonini chiqardi. Garchi flagmanlardek xususiyatga ega bo'lsa ham smartfonga unchalik qimmat narx qo'yilmagan.

Nubia Z50 smartfoni 6.67 dyuymli yon tomonlari egilgan AMOLED displeyga ega bo'lib, u FHD+ yoxud 2400x1080 piksel rezolyutsiyasi bilan 144 gerts yangilanish tezligini taklif qila oladi. Shuningdek ekran, DCI-P3 ranglarini to'liq qollab-quvvatlaydi va maksimal 1000 nit yorug'likkacha chiqa oladi.

Old tomonning yuqori markazidagi teshikdan 16 megapikselli OmniVision OV16A1Q kamera sensori o'rin olgan. Orqa tomonidagi kameralari joylashuvi, dizayni esa Redmi Note 12 smartfonlarini eslatib yuboradi. U yerdagi asosiy kamera 64 MP Sony IMX787 bo'lib, u f/1.6 diafragma va tasvirni optik barqarorlashtirish xususiyatlariga ega. Unga Samsung'ning 50 megapikselli S5KJN1 ultra-keng (116 gradus) linzasi hamrohlik qiladi.

Qurilma kapoti ostida Snapdragon 8 Gen 2 chipseti, LPDDR5x va UFS 4.0 xotiralari VC sovutish tizimi bilan joylashgan. Dasturiy ta'minotga keladigan bo'lsak, smartfon Android 13'ga asoslangan MyOS 13 operatsion tizimida ishlaydi. Uning 5,000 mA/s sig'imli batareyasi 80 Vt tezlikda quvvatlanadi.

Nubia Z50 uchun oq, qora yoki yashil ranglarda allaqachon oldindan buyurtma berish mumkin. Sotuvlar esa 23-dekabrdan boshlanishi kutilmoqda. Narxlar quyidagicha:

  • 8GB + 128GB – ¥2,999 ($430)
  • 8GB + 256GB – ¥3,399 ($487)
  • 12GB + 256GB – ¥3,699 ($530)
  • 12GB + 512GB – ¥3,999 ($573)
  • 16GB + 1TB – ¥5,999 ($859)

Katta ehtimol bilan bu smartfon Xitoydan tashqariga chiqmasligi mumkin.

O'QING: Ilon Mask Twitter'da rahbar bo‘lib qolish-qolmasligini siz hal qilasiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.