Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

  •   DiMaX
  •  777
  •  15.06.2020 13:02

Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Jon Prosser (Jon Prosser) ismi sizga tanish – u bir necha bor Apple’ning kutilayotgan gadjetlari haqida prognozlar e’lon qilgan va ular asosan to‘g‘ri chiqqan. Mazkur insayder yaqinda bu korporatsiyaning Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlangan innovatsion gadjeti xususida ma’lumot bergandi.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Twitter tarmog‘idagi navbatdagi postida u Apple yaqin orada birinchi buklama smartfonini taqdim etishiga ishora qildi. Afsuski, bunda u qayishqoq displeyli ayfonning xususiyatlari haqida biror ma’lumot bermagan.

Aytish kerakki, Apple «raskladushka» ayfon chiqarmoqchi ekani, ammo Samsung’dan cho‘chiyotgani ancha avval ma’lum bo‘lgan. Bultur esa ham iPhone, ham iPad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlari tarqalgan. Keyinroq kupertinolik korporatsiya buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar sotib ola boshlagan.

Shunday bo‘lsa-da, bukiluvchi ayfonni Apple hali-veri taqdim etmasa kerak. Zero, korporatsiya bu yil kuzda iPhone 12 turkumidagi smartfonlari chiqarishi va hatto ularning narxlari ham ma’lum.

O‘QING: Apple to‘qqizta yangi iPhone va bitta iMac’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!