NVIDIA’dan superkompyuter: siz uchun emas, robotlar uchun

  •   Saroy
  •  899
  •  14.06.2018 11:54

NVIDIA’dan superkompyuter: siz uchun emas, robotlar uchun

Yaqinda Tayvan orolida bo‘lib o‘tgan  yirik Computex 2018 xalqaro ko‘rgazmasida  NVIDIA kompaniyasi superkompyuter yaratganini e’lon qildi. U Isaac dasturiy platforda bo‘lib, robotlar mashg‘ulot o‘tkazish uchun yaratilgan. Jetson Xavier, deb nomlanuvchi ushbu qurilma robotlar uchun “miya” vazifasini o‘taydigan yangi avlod superkompyuteridir.

Jetson Xavier ham haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar uchun o‘rnatiladigan Drive Xavier’dagi chiplardan foydalanadi. Platforma o‘zida bir yo‘la oltita protsessorni jamlagan: sakkizyadroli ARM-chip, Volta Tensor Core grafikasi, chuqur o‘qitish uchun tezlashtirgich (ikkitaga ko‘paytirilgan NVDLA-modul) va kompyuter nigohi, shuningdek tasvir va video bilan ishlaydigan protsessorlar. Ishlash ko‘rsatkichi soniyasiga  30 trillion operatsiyani tashkil etadi. Platforma o‘zidan avvalgi Jetson TX2’ superkompyuteridan 20 marta kuchli sanaladi. Jetson Xavier’ni yaratishga besh yil ketdi. Umuman loyihani hayotga joriy qilish uchun  8000 kishi jalb qilingan.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Kompaniya rahbari  Djensen Xuang (Jen-Hsun Huang)ning ta’kidlashicha, Jetson Xavier 10 000 dollar turadigan qudratli kilovattli ishchi stansiyasiga ega. Shu bilan birga, NVIDIA superkompyuteri kaftga joy bo‘ladi, iste’mol quvvati 30 Vt va narxi ham avvalgilaridan ancha arzon.

NVIDIA  Isaac’ning dasturiy yechimi o‘z navbatida sun’iy ongni jadallashtiradi va “aqlli” mashinalarni mashq qildirish va testdan o‘tkazish uchun dasturiy qurilmalarni ishga tushiradi. Jetson Xavier bazasida ishlayotgan robotlar datchiklar bilan ma’lumotlarni tahlil qilish, bo‘shliqqa moslashish, atrof olamni anglash, yaqinroqda turgan ob’yektlarni tanib olish va ularning o‘zini tutishini oldindan aytish kabi vazifalarni bemalol  bajarishi mumkin.

O‘QING: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istayapti

Jetson Xavier sotuviga shu yil avgust oyida start beriladi. To‘liq komplekti narxi dasturchilar (prfessionallar) uchun 1300 dollar qilib belgilangan, oddiy xaridorlar ham  NVIDIA Isaac platformasini sotib olishi mumkin.

O‘QING: Computex 2018 ko‘rgazmasi: smartfonlar, noutbuklar, robotlar va boshqa turli ishlanmalar