Nvidia kompaniyasi RTX 3080, RTX 3070 grafik protsessori va RTX 3050 grafik kartasini taqdim etdi

Nvidia kompaniyasi RTX 3080, RTX 3070 grafik protsessori va RTX 3050 grafik kartasini taqdim etdi

Nvidia kecha noutbuklar uchun ikkita, ish stoli kompyuterlari uchun esa bitta yangi grafik protsessorini taqdim etdi. 

RTX 3089 Ti va RTX 3070 Ti Nvidia'ning 30 seriya grafik protsessorlar qatoriga kiradi. Ushbu mobil form-faktoridagi garfik protsessorlar xuddi ish stoli kompyuterlarining protsessorlari kabi yuqori darajadagi unumdorlikni taqdim etadi. 

Noutbuklar uchun ishlab chiqilgan RTX 3080 Ti grafik protsessori 16GB GDDR6 xotirasiga ega. Taqqoslash uchun, xuddi shu modelning ish stoli komputeriga moslangan versiyasi 12GB xotiraga ega edi. 

Nvidia'ning ta’kidlashicha, mobil versiya ish stoli komputerining avvalgi avlod Titan RTX grafik protsessoridan tezroq ishlaydi hamda Ultra sozlanmalari bilan 1440p rezolyutsiya 120 kadr/sekund tezlikda ishlashi mumkin. 

RTX 3080 Ti protsessoriga ega bo‘lgan noutbuk 1-fevral sanasida 2499 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

RTX 3070 Ti esa avvalgi RTX 2070'dan ko‘ra 1.7 marta tezroq ishlaydi va Ultra sozlanmalar bilan 1440p rezolyutsiyada 100 kadr/sekund tezlikda ishlashi mumkin. Ushbu mexanizmga ega bo‘lgan noutbuk 1-fevraldan 1499 dollar evaziga sotila boshlaydi. 

Nvidia, shuningdek, ish stoli kompyuterlari uchun RTX 3050 video kartasini ham taqdim etdi. U boshqa 30 seriyali grafik kartalar kabi bir xil Tensor arxitekturasiga asoslangan va uchinchi avlod Tensor yadrolariga ega. 

Ushbu video karta 2560 CUDA yadrolari va 8GB GDDR6 xotiraga ega bo‘lib, u HDMI 2.1, 4K 12-bit HDR 240Hz kontentdagi DisplayPort 1.4a portini qo‘llab-quvvatlaydi. 

RTX 3050 video kartasi 27-yanvarda 249 dollar narxda sotuvga chiqariladi. 

O‘QING: Rangini o‘zgartira oladigan vivo V23 va V23 Pro qurilmalari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.