OAV: Afsonaviy Motorola RAZR V3 “raskladushkasi” qaytmoqda

OAV: Afsonaviy Motorola RAZR V3 “raskladushkasi” qaytmoqda

Tarix ortga qaytmoqdami yoki kompaniyalar odamlarning xotiralarini uyg‘otib pul topishga harakat qilishyaptimi, xullas Lenovo rahbari Yan Yuansin Motorola – RAZR V3 telefon apparatining qayta ishlab chiqarilishi haqida xabar qilgan. Bu ma’lumot Amerika biznes yangiliklari telekanali CNBC (Si-en-bi-sí) tomonidan tarqatilgan.

Bir muddat avval amerikalik Motorola brendini sotib olgan xitoylik Lenovo MWC 2017’da namoyish qilingan Nokia 3310’ning shon-shuhratidan ilhomlangan ko‘rinadi.

2004 yildan ishlab chiqara boshlagan RAZR V3 buklama telefonini 2004-2005 yillarda jahonning eng ko‘p sotilgan telefon apparati bo‘lgan. Aytish joizki, Motorola RAZR V3 Jahon miqyosida bu telefon 130 million donadan ziyod sotilgan. Telefon o‘ziga xos dizayni bilan tezda ommalashdi. Metall plastinali klaviatura va elektrolyuminantli klaviatura osti chirog‘i bilan u ko‘pchilikka go‘yoki kelajak aloqa vositalarini eslatib yubordi.

Yaqin kunlargacha ham uning turli modellari bozorda ommabop edi. Forbes jurnali RAZR turkumini jahoning eng ommalashgan mobil telefonlari sifatida qayd etgan. Bugun ham ko‘pchilik shu shakldagi buklama smartfonlar orzusida yursa ajab emas.

Afsonaviy “raskladushka”ning qaytishiga bag‘ishlangan rolik Moto brendining rasmiy YouTube kanalida 2016 yilning may oyida chiqqan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.