Odamlar qaysi o'yinlarga eng ko'p pul sarflashmoqda?

Odamlar qaysi o'yinlarga eng ko'p pul sarflashmoqda?

Mobil o'yinlar siz shunchaki bo'sh vaqtingizni maroqli o'tkazishingiz uchun chiqarilmagan. Ular o'z ishlab chiqaruvchilari uchun daromad manbayi, bo'lganda ham, "tilla tuxum qo'yadigan g'oz"dir. Quyida ana shunday "g'oz"larning top o'ntaligi bilan tanishamiz.

Foto: SensortTower

2022-yilning avgust oyiga ko'ra SensorTower tomonidan taqdim qilinayotgan ma'lumotlarga qaraganda, xitoylik Tencent kompaniyasining Honor of Kings o'yini 222 million dollar bilan o'yinchilar eng ko'p pul sarflagan o'yin bo'lgan. Ushbu daromadning 94 foizi Xitoy, 2.3 foizi Tayvan va yana 1.8 foizi Taylandga to'g'ri keladi.

Faxrli ikkinchi o'rinni ham xuddi shu Tencent kompaniyasining PUBG Mobile o'yini egallagan bo'lib, u 156.3 million dollar daromad keltirgan. Undan keyingi o'rinlarni esa Genshin Impact, Candy Crush Saga band qilgan. Top beshlik Sony'ning Aniplex kompaniyasiga tegishli Fate/Grand Order o'yinlari bilan yakunlanadi. Blizzard'ning Diablo Immortal o'yini o'tgan oyda 97 million daromad bilan ro'yxatning oltinchi o'rniga yangi qo'shilgan bo'lsa, Roblox va boshqalar keyingi o'rinlarga tushib qolgan.

Global o'yinlar bozori avgust oyida jami tahminan 6.6 milliard dollar ishlab topgan. Bu daromadning eng ko'p qismi (1.9 milliard dollar) AQShga to'g'ri keladi. Butun dunyo bo'ylab o'yinlar uchun pul sarflayotganlarning 28 foiziga aynan shu Qo'shma Shtat o'yinchilari hisoblanadi.

O'QING: Adobe dizayn olamidagi o‘zining eng katta raqiblaridan birini sotib olmoqda